Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari o‘z bilim va malaka mahoratlarini doimiy yangilab borish bilan birga, ta’limni yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borishga asosiy e’tiborini qaratmoqda.

Pedagogik mahorat markazining mavjud 5 ta kafedrasida 33,5 shtat birligida to‘liq stavka, o‘rindosh va soatbay asosida 39 nafar professor-o‘qituvchilar pedagogik faoliyat yuritishadi. Shundan 23 nafari asosiy shtatda (3 nafar fan doktori (DSc), 10 nafar falsafa doktori (PhD), 10 nafar katta o‘qituvchi), 10 nafari o‘rindoshlik asosida (1 nafar falsafa doktori (PhD), 9 nafar katta o‘qituvchi), 6 nafar soatbay (2 nafar fan doktori (DSc), 4 nafar o‘qituvchi) pedagoglar faoliyat olib bormoqda.
Hududiy markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan Scopus, Web of Science jurnallarida 2 ta maqola chop etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy jurnallarda 76 ta maqola chop etilgan.