DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

AKT va texnik ta’minot bo‘limi

АКТ va texnik taʼminot bo‘limining vazifalari quyidagilardan iborat:
Pedagogika markazi o‘quv, ilmiy, maʼmuriy va xo‘jalik xizmati jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanishni tashkillashtiradi.
Pedagogika markazida axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
Pedagogika markazida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish, joriy etish, foydalanish, loyihalashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
Pedagogika markazida yagona axborot xavfsizligi siyosatini yuritadi.
Pedagogika markazida tarmoq va tarmoq qurilmalari xavfsizligini va doimiy ishchi holatda bo‘lishini nazorat qiladi.
Pedagogika markazida tarmoq administratorligi va tarmoqqa kirishni nazorat qilish, markaz rasmiy veb-sayti, serverlari, axborot resurslari xavfsizligini va doimiy ish faoliyatida bo‘lishini taʼminlaydi.
Pedagogika markazning ko‘p darajali telekommunikatsion tarmoqlari hamda texnik vositalari xavfsizligini va sifatli ishlashini taʼminlash, shuningdek, monitoringini yuritish bilan shugʼullanadi.
O‘quv jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha MOODLE masofaviy o‘qitish tizimi va mul’timediali taʼlim resurslarini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.
Pedagogika markazi tarkibiy bo‘linmalarini mul’timedia vositalari va texnika vositalari bilan jihozlash, sotib olish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Pedagogika markazida foydalaniladigan texnik vositalarni modernizatsiya qilish ishlarini tashkil etadi.
АKT va texnik taʼminot bo‘limining zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.