Kurs tinglovchilari uchun har oyda o‘tkaziladigan fan oyliklariga bag‘ishlab “Yoshlikda olgan bilim, toshga o‘yilgan naqsh kabidir”, “Tarix va huquq o‘qituvchilari sizlar uchun”, “Matematika informatika o‘qituvchilari uchun adabiyotlar,” “Maktabni boshqarish san’ati”, “Pedagoglar siz uchun adabiyotlar” , “Yangi adabiyotlar sizlarga!” mavzusida adabiyotlar ro‘yxati va bibliografik sharhi o‘tkazildi.
Kafedralar bilan hamkorlikda yil davomida har oyda uch kun kitoblar ko‘rgazmasi, barcha fanlarga oid adabiyotlarning bibliografik sharhi taqdimotlari tashkil qilindi. “Buyuk davlat arbobini xotirlab”, “Vatan posbonlari-mustahkam qo‘rg‘on”, “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘shal”, “Buyuk mutafakkir ijodi kelajak avlod uchun bebaho meros”, “Biz kim mulki Turon, Amiri Turkistonmiz” “Jannatda she’r yozsin Muhammad Yusuf”, “E’tibor va g‘amxo‘rlik insoniy burch” , “Har haftada bir kitob mutolaasi” tadbirlari tashkil qilindi.