Bo‘limning asosiy vazifalari:
– “Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasi faoliyatini yuritish;
– qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv modullari kontentini markazlashtirilgan tarzda ishlab chiqish va platformaga kiritish;
– “Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasini tinglovchilar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish;
– “Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va tizimga samarali joriy etish.
Bo‘lim asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
– “Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasi faoliyatini yuritish sohasida:
– zamonaviy texnologiyalar va metodlardan foydalangan holda xalq taʼlimi muassasalari rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ehtiyojlarga asoslangan va uzluksizligini taʼminlovchi maxsus elektron platformasi faoliyatini tashkil etish;
– xalq taʼlimi xodimlarining malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlarini o‘rganish;
– xalq taʼlimi xodimining shaxsiy elektron portfoliosini shakllantirishni takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar tayyorlash;
– tizim samaradorligini oshirishda mavjud muammolarini bartaraf etish va uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
– markaz professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv modullari kontentini professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda ishlab chiqish va platformaga kiritish sohasida:
– malaka oshirish tashkilotlotlari bilan hamkorlikda xalq taʼlimi xodimlarining ehtiyojlarini tahlil qilish va umumlashtirilgan natijalar asosida maqsadli, muammoli va mualliflik kurslariga bo‘lgan talabni aniqlash;
– markaz professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari uchun maqsadli, muammoli va mualliflik kurslarining o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish hamda o‘quv modullari kontentini yaratish yuzasidan takliflar tayyorlash;
– markaz professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarning kompetensiyalariga asoslangan o‘quv modullari uchun kontentlar tayyorlashni tashkil etish va nazorat qilish;
– xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
“Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasini tinglovchilar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish sohasida:
– xalq taʼlimi xodimlarinining o‘z xohishlariga ko‘ra elektron taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil qilingan ochiq taʼlim platformalarida internet tarmog‘i orqali qo‘shimcha taʼlim olish imkoniyatlarini yaratish;
– xalq taʼlimi xodimlarinining zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha savodxonligi darajasini o‘rganish va tahlil qilish;
– xalq taʼlimi xodimlarinining bilim darajalarini o‘rganish va tahlil qilish natijalari asosida media kurslarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
– yaratilgan media kurslarni “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish” elektron platformasiga joylashtirish va barcha uchun foydalanish imkoniyatini yaratish.
“Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va tizimga samarali joriy etish sohasida:
– xalq taʼlimi xodimlarinining malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos keladigan tabaqalashgan uzluksiz malaka oshirishlari bo‘yicha ilg‘or tajribalarni joriy etish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
– xalq taʼlimi xodimlarining kasbiy tayyorgarligi darajasini, ularning rahbarlik va pedagogik mahorati, taʼlim va tarbiya berishning talab qilinadigan darajasini taʼminlash bo‘yicha ish natijalarini hamda uzluksiz kasbiy taʼlimning samarali ilg‘or xalqaro tajribalarini o‘rganish va milliy samarador loyihalarni ishlab chiqish;
– xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda taʼlim mazmuniga mediataʼlimni singdirish.