Pedagogika markaz axborot-resurs markazi Xalq ta’limi vazirligining 2009-yil 27-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari kutubxonalarini axborot-resurs markazlari sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘I bilan institutning 2009-yil 09.03dagi 16-AF-sonli buyrug‘I qabul qilinib, ushbu buyruq asosida axborot-resurs markaziga aylantirildi.
ARM O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, farmon va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlariga, Xalq ta’limi vazirligining buyruqlariga, NVPYaMO‘MM hududiy markaz nizomi, ichki tarib-qoidalariga, ARM nizomiga amal qiladi.
Bosh maqsadimiz-yuqori sifatli ilg‘or axborot texnologiyalari asosida kitobxonlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini tezkor va sifatli qondirish;
– Mavjud qog‘ozli va elektron manbalardan erkin foydalanish uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish;
– shaxsning kamoltopishi, ta’lim va mustaqil bilim olish, madaniy faoliyat va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
Axborot-resurs markazi institut professor-o‘qituvchilariga, ishchi xodimlarga va kurs tinglovchilariga xizmat ko‘rsatadi.
ARMning moddiy-texnika bazasi:
Kompyuterlar soni -4 ta, internet tarmog‘iga ulangan
printer -1 ta
skaner – 1 ta
Adabiyotlar bilan ta’minlanganlik (Kutubxona fondi)- 6907 dona (qog‘oz shaklda) badiiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar plakatlar, risolalar, elektron darsliklar va elektron namoyishlar mavjud bo‘lib,
Shundan:
“Elektron baza”da elektron darsliklar, darsliklarning elektron nusxalari, badiiy adabiyotlarning elektron nusxalari, Internetdan olib to‘plangan ma’lumotlar sohalar bo‘yicha jamlangan, to‘liq matnli ma’lumotlar bazasida 6587 dan ortiq ma’lumotlar jamlangan.
O‘quv zalida kitobxonlar mustaqil va erkin foydalanishlari uchun sharoit yaratilgan bo‘lib, noyob va yagona nusxadagi adabiyotlar, ensiklopediyalar, lug‘atlar, ma’ruza matnlari, matbuot nashrlari-gazeta va jurnallarning to‘plamlari, Internet saytlaridan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratilgan.
Xizmat ko‘rsatish bo‘limida tinglovchilar va aholi uchun zarur bo‘lgan adbiyotlar bilan xizmatlar tashkil qilingan. Kitobxonlar so‘rovi asosida kitoblarni uyga berish, o‘quv zalida foydalanish, adabiyotlarning elektron nusxalarini berish asosida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.