DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi

O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limining vazifalari quyidagilardan iborat:

– davlat ta’lim standartlari va malaka talablari asosida o‘quv ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

– pedagogika markazda tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, malaka oshirish kurslari tinglovchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, o‘quv jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga mos ravishda o‘tishini va dars soatlarining bajarilishini nazorat qilish;

– qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari guruh jurnallarining yuritilishini va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish, ularni yuritishda kurs rahbarlariga metodik yordam berish;

– malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish va kurslarni tugatganligi haqidagi buyruqlar loyihasini tayyorlash;

– tinglovchilarga beriladigan ma’lumotnoma, sertifikat (diplom)larni rasmiylashtirish;

– pedagogika markazi professor-o‘qituvchilari va taklif etilgan pedagoglar tomonidan oylik o‘quv yuklamalarining bajarilishi yuzasidan Pedagogika markazi rahbariyatiga tegishli ma’lumot tayyorlash;

– kafedralar tomonidan Pedagogika markazida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining ishchi o‘quv-mavzu rejalari va o‘quv dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish hamda O‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining bilan kelishgan holda ularni pedagogika markazi direktori tasdig‘iga kiritish;

– qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun sharoit yaratish hamda yuqori saviyada tashkil etilishini nazorat qilish;

– doimiy ravishda pedagog xodimlarning malaka oshirish davriyligi bo‘yicha malaka oshirish rejalarining bajarilishini tahlil qilish hamda ma’lumot tayyorlash;

– o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limining zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.