DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Kadrlar bo‘yicha nazoratchi

Kadrlar bo’limining vazifalari quyidagilardan iborat:

– pedagogika markazi direktorining ko‘rsatma va farmoyishlarini bajarish;

– bo‘limning ish rejalarini tuzish va uning bajarilishini ta’minlash;

– hududiy markazda faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlarning shaxsiy hujjatlari yig‘majildlarini yuritish va ulardagi ma’lumotlarni yangilab borish;

– xodimlarning mehnat ta’tillaridan o‘z vaqtida foydalanishini nazorat qilish, belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;

– ish jarayonida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni mukofotlash hamda ularni rag‘batlantirishning boshqa turlarini qo‘llash yuzasidan pedagogika markazi direktoriga takliflar kiritish;

– xodimlarni mehnat intizomiga rioya etishini nazorat qilib borish;

– amaldagi qonunchilikka muvofiq pedagogika markaziga xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish bo‘yicha buyruqlarni, shuningdek, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish, saqlash hamda belgilangan tartibda va muddatda arxivga topshirish;

– xodimlarning mehnat qilishi va malakasini oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratishda, ularni attestasiyasini tashkil qilish hamda mehnat va ichki tartib qoidalarga rioya qilinishini ta’minlashda qatnashish;

– pedagogika markazi xodimlariga tegishli bo‘lgan mehnat daftarchalarini yuritish va ularni saqlashda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish.

Kadrlar bo‘limi zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.