DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

UCHRASHUVLAR

Pedagogika markaziga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

Pedagogika markazining hamkorlik aloqalari 2023-o‘quv yili davomida Rossiya Federatsiyasi Gersen nomidagi davlat pedagogika universiteti metodisti Nikitina Yevgeniya Alekseyevna tomonidan Rus tili fani tinglovchilari ishtirokida «Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida rus tili fani oʻqituvchilarining kasbiy malakalarini uzluksiz rivojlantirish» mavzusida seminar-trening va mahorat darslari o‘tkazildi.

A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Komarov Boris Alekseyvich tomonidan fizika fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan seminar-trening va mahorat darslari tashkil etildi.

“ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasida A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassisi (metodisti) Oganov Gorold Igorvich joriy yilning 14-sentyabridan  20-dekabrgacna faoliyat olib bordi.

2022-o‘quv yili davomida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Fan va ta’lim vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumta’lim fanlarini rus tilida o‘qitishning sifatini oshirish” loyihasi doirasida Rus tilida o‘qitishning sifatini oshirishga qaratilgan “Zo‘r” (Klass) loyihasi doirasida Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassislari va Pedagogika markazi professor-o‘qituvchilari tomonidan mahalliy o‘qituvchilar kasbiy ehtiyojini o‘rganish hamda ularning rus tilini bilish darajasi bo‘yicha:

Navoiy viloyati bo‘yicha 9-11-sinf o‘quvchilarining rus tilini bilish savodxonligini aniqlash bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi;

Navoiy viloyati bo‘yicha rus tili o‘qituvchilarining kasbiy ehtiyojlarini o‘rganish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi va natijalari asosida S1 darajadagi sertifikatlar berildi;

Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassislari va Pedagogika markazi professor-o‘qituvchilari tomonidan mahalliy o‘qituvchilar ucnun metodik kunlari Mahorat darslari o‘tkazildi.

O‘quv, ilmiy va amaliy faoliyat sohasidagi masalalar bo‘yicha doimiy o‘zaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha  Rossiyaning Kuzbass mintaqaviy kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti bilan hamkorlik shartnomasi asosida Pedagogika markazi professor-o‘qituvchilari uchun “Moderatsion va fasilitatsion texnologiyalardan samarali foydalanish” mavzusidagi 36 soatlik qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kurslari va bevinar sminar-treninglar tashkil etildi.

Pedagigka mаrkаzida «Ta’limdagi o’qitish metodikalari bo’yicha Finlyandiya tajribasi»ga bag’ishlangan o‘quv mashg‘ulotlari to‘g‘risida:

Joriy yilning may-dekabr oylarida Navoiy viloyati pedagogika markazida Finlyandiyaning Xelsinki universiteti HY+ trening markazi vakillari Petri Lounaskorpi, Hanne Koh ishtirokida “Taʼlimdagi o‘qitish metodikalari bo‘yicha Finlyandiya tajribasi” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.

O‘quv mashg‘ulotlari dars jarayonini qanday qilib loyihalashtirish, o‘quvchilarda hamkorlikka asoslangan kompetentligini shakllantirish, IT sohasi bo‘yicha turli xil ta’limiy dasturlarga oid yangi metodikalarni ta’lim jarayoniga tadbiq qilish usul va vositalarini Finlyandiya tajribasi asosida olib borildi.

Hanne Koh xonim mashg‘ulotlarda Finlyandiya ta’lim tizimini shaklanish bosqichlari, malaka oshirish markazlarining amaliy faoliyati haqida ma’lumot berdi. Xususan, malaka oshirish markazlari o‘qituvchilari uchun asosan pedagogik treninglarlarni tashkil etishi, boshlang‘ich, umumiy o‘rta va yuqori ta’lim tizimida dastlab umumiy bilimlar berilib so‘ngra murakkab bilim berishga o‘tilishi haqida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Mashg‘ulotlar davomida Mister Petri Finlyandiyada ta’lim berish uchun yaratilgan muhitga alohida e’tibor berilishi va o‘qituvchining o‘zini iqlim sharoitini o‘rgangan holda ularning hududiga borib o‘rgatishga harakat qilishi, ta’lim maskanlariga borib o‘qituvchilar ehtiyojlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularning hududida simenar-treninglarni olib borilishi va bu jarayon ta’lim sifat samaradorligiga erishishiga xizmat qilishi to‘g‘risida fikrlarini bayon qildi.

Mashg‘ulotlar davomida Mister Petri ta’limni taraqqiyoti nimaga bog‘liq? sinfdagi o‘quvchilarni soni qancha? o‘quvchilar bilimini kim baholaydi va nazorat qiladi? degan savollarga Finlyandiya ta’lim tizimi misolida quyidagi javoblarni berdi.

Finlyandiyada boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar soni 25-32 tagacha, o‘rta maktablarda 25-50 tagacha, bugungi kunda esa 70 tagacha o‘quvchilarni 2-3 ta o‘qituvchi dars mashg‘ulotini olib boradi va ularga jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchilar kamida magistr darajasiga ega bo‘lganlar faoliyat yuritadi.

Maktabgacha ta’lim tizimi 2-3, 3-4, 4-5, 5-6 yoshdagi bolalarga alohida dasturlar asosida mashg‘ulotlarni olib boriladi. 7 yoshga to‘lgandan keyin maktabga boradi.

Joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida tashkil qilingan malaka oshirish kurslari tinglovchilari bilan Hanne Koli mahorat dars va seminar–trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. Ushbu mahorat dars va seminar–trening mashg‘ulotlarida dunyo ta`limida samara bergan o`qitishning yangi metodlarini ta`lim jarayonida tashkil etish usullari o‘rganildi.

Hududiy markaz bilan AQSHning Kanzas shtati Pitsburg davlat universiteti bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Universitet professori Judi Smetana tomonidan professor-o‘qituvchilar uchun 2019 yildan buyon hamkorlik amalga oshirib kelinmoqda. “Katta yoshdagilarni o‘qitish nazariyasi” mavzusidagi seminar-trening va mahorat darslari tashkil etildi va 20 nafar professor-o‘qituvchilarga kursni tugatganligi to‘g‘risida sertifikat berilgan.

Navoiy viloyati pedagogika markazidan 2022-o‘quv yili oktyabr-noyabr oylarida “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlar nomzodi Shomiyev G‘olib O‘ktamovich Amerika Qo‘shma Shtatlari Kanzas shtatining Pitssburg davlat universitetida “Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim muammolari” yo‘nalishida malaka oshirib keldi.