Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash bo‘limining vazifalari quyidagilardan iborat:
– markaz pedagog xodimlarining malaka oshirish davriyligini hamda malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlab borish;
– vazirlik tomonidan attestatsiya va tezkor diagnostika shaklida amalga oshiriladigan tashqi nazorat tahlillari natijasi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash va uni amalga oshirishda kafedralarga amaliy, metodik yordam ko‘rsatish;
– pedagogika markazida tashkil etilgan kurslarda tinglovchilar tomonidan toifalar bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo‘yilgan malaka talablarining bajarilishini tahlil qilish, uning natijalari asosida ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
– kurs bitiruvchilari orasida maxsus tuzilgan anonim anketa so‘rovlari asosida tahlillar o‘tkazish, natijalari haqida ishlab chiqarish yig‘ilishlarida muntazam axborot berib borish;
– pedagog xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha taqdim etilgan buyurtmalarni umumlashtirish hamda o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda pedagogika markazining kelgusi kalendar yiliga mo‘ljallangan va istiqboldagi malaka oshirish rejalari loyihasini ishlab chiqish;
– hamkorlikda pedagog xodimlarning malaka oshirishdan keyingi kasbiy faoliyati monitoringini olib borish;
– qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida egallangan bilimlar va ko‘nikmalarni baholash mezonlari, yakuniy attestasiya o‘tkazish tartibi, ta’lim jarayoni sifatini baholash monitoringi mexanizmlarini amalga oshirish;
– pedagogika markazi kafedralari bilan hamkorlikda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan nazorat turlari uchun test savollari bazasini yaratish hamda ularning yangilanib borilishini nazorat qilish;
– pedagogika markazi kafedralari bilan hamkorlikda malaka oshirish tizimi sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
– o‘quv kurslari yakunida o‘tkaziladigan yakuniy attestasiya jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlikni amalga oshirish;
– belgilangan “Vaqt me’yorlari” asosida pedagogika markazi professor-o‘qituvchilari tomonidan pedagogik yuklamalarning bajarilishi monitoringini olib borish;
– pedagogika markazi professor-o‘qituvchilari faoliyati reytingini aniqlash va tegishli takliflar ishlab chiqish;
– ta’lim sifati monitoringi hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va kafedralarga yetkazish hamda ularning ijrosini nazoratga olish.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini monitoring qilish va sifatini baholash bo‘limi zimmasiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.