DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Umumiy bo‘lim va arxiv

Umumiy bo‘lim

Umumiy bo‘lim faoliyati – markazdada ish yuritish va ijro intizomini ta’minlashga hamda hujjatlarni tayyorlash jarayonlari va o‘z vaqtida mas’ullarga yetkazishni tashkil etishga qaratilgan.

Umumiy bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari va boshqa me’yoriy hujjatlari shuningdek, markaz Ustaviga hamda mazkur Nizomga muvofiq ish olib boradi.

Umumiy bo‘limning mansab jadvali mudir, devonxona va arxiv uslubchisidan iborat.

Umumiy bo’limning har bir xodimi o‘ziga biriktirilgan vazifa uchun mas’ul va lavozim yo‘riqnomasi asosida faoliyat yuritadi.

Umumiy bo‘lim o‘z nomi ko‘rsatilgan muhr, markaz burchak shtampi uchun moddiy javobgar hisoblanadi va mudirga ularni temir seyfda saqlash mas’uliyati yuklatiladi.

Umumiy bo‘limning vazifa va funksiyalari

Quyidagilar umumiy bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– markazda ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish;

– hujjatlar aylanishi tizimini optimallashtirish, ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash, shuningdek, arxiv ishi masalalari bo‘yicha markazning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati yuzasidan tashkiliy-uslubiy, muvofiqlashtirish va nazorat qilish ishlarini amalga oshirish;

– amaldagi standartlar va qoidalarga muvofiq hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

– markazda hujjatlar bilan ishlashni hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;

– zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalarni qo‘llagan holda hujjatlar bilan ishlash va ish yuritishni tashkil etishning yangi uslublarini joriy etish.

Umumiy bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– markazda hujjatlar bilan ishlash va ish yuritish jarayonini ta’minlash;

– kirish va chiqish hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, dastlabki ishlov berish hamda taalluqliligi bo‘yicha ijrochilarga yetkazish;

– hujjatlarning ijro muddatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish va nazoratini olib borish;

– joriy ish yuritish hujjatlari, shu jumladan, markaz  direktorining buyruqlari va boshqa yo‘riq hujjatlarini ro‘yxatga olish, saqlash va tegishli ijrochi bo‘linmalarga yetkazish, hujjatlar yig‘ majildini shakllantirish hamda ularni saqlovga tayyorlash va topshirish;

– markazda hujjatlar bilan ishlash va ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalda tatbiq etish;

– markaz bo‘linmalarida ish yuritishni tashkil etish, hujjatlarni saqlash va yig‘ma jildlarni o‘z vaqtida arxivga topshirilishini nazorat qilish bo‘yicha uslubiy rahbarlik qilish, hujjatlarning o‘z muddatida bajarilishi yoki bajarilmasligi bo‘yicha rahbariyatga ma’lumotlar tayyorlash;

– jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni (mas’ul bilan hamkorlikda) maxsus daftarga qayd etish, direktorning imzosidan so‘ng mas’ullarga tarqatish hamda ijrosini nazorat qilish.

Umumiy bo‘limning huquqlari

Umumiy bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

– o‘z vakolati doirasida markazga kelayotgan hujjatlar va boshqa axborot materiallari bilan tanishish, tizimli ro‘yxatga olish va ishda foydalanish uchun qabul qilish;

– o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun markaz rahbariyati va bo’limlardan tegishli axborot va ma’lumotni so‘rab olish;

– o‘z vakolati doirasida markaz bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlash va ish yuritish holatini o‘rganish hamda bu borada ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

– belgilangan tartibda tayyorlanmagan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning loyiha shakllarini kamchiliklarni bartaraf etish uchun ijrochilarga qaytarish, shuningdek kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha maslahat berish;

– markazda hujjatlar bilan ishlash va ish yuritish tizimini takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish hamda bajarilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berish;

– o‘z faoliyati doirasida umumiy bo‘lim xodimlari malakasini oshirish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, intizom choralarini ko‘rish bo‘yicha rahbariyatiga takliflar kiritish.