Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, YUNISЕF tashkiloti hamda Pedagogik mahorat markazi hamkorligida viloyatning maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun trening mashg‘ulotlari o‘z ishini boshladi.
Trening mashg‘ulotlarini YUNISЕFning O‘zbekistondagi maslahatchisi Yuliya Narolskaya hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi direktori O‘ktamjon Mardanovlar kirish so‘zi bilan ochib berishdi.
Bugungi mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar trening maqsadlari va vazifalari, maktabgacha ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, yangiliklar va istiqbollari bilan tanishtirildi, «Yosh bolalarni samarali o‘qitish uchun zarur bo‘lgan pedagoglarning asosiy kompetensiyalari», «Bolalar huquqlari konvensiyasi: pedagogik amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv», «Redjio pedagogikasi — maktabgacha ta’limda innovatsiya» mavzularida o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.
Mazkur trening mashg‘ulotlari 2-4 aprel kunlari davom etadi.


