Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Mobil malaka oshirish

🚌Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan Uchquduq tumani «Abay» MFY da joylashgan «Quvnoq bolalar» nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat yurituvchi pedagog kadrlar uchun mobil malaka oshirish xizmati tashkil etildi.

Jarayonda tarbiyachilar uchun “Dastlabki yillarda matematika: Singapur tajribasi asosida kognitiv rivojlantirish” hamda “Tabiat va jamiyat” mavzularida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda:
🧳 bolalarning mantiqiy va kognitiv rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash usullari,
🧳 Singapur ta’lim tajribasiga asoslangan zamonaviy metodik yondashuvlar,
🧳“Tabiat va jamiyat” mavzusini o‘qitishda interaktiv metodlardan foydalanish yo‘llari,
🧳 amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish mexanizmlari muhokama qilindi.

🧳Pedagoglarga ta’lim jarayonini samarali va qiziqarli tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi hamda o‘zaro tajriba almashish jarayoni yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur mobil xizmat hududiy pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda maktabgacha ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.