Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

METODIK MARAFON

O‘zbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “METODIK MARAFON” tadbiri o‘tkazilmoqda.

Bugun tadbirga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari, Pedagogik mahorat markazi metodistlari va tuman (shahar)lardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tajribali va fidoyi o’qituvchilari faol ishtirok etmoqdalar.

Jarayonlarda matematik, tabiiy-ilmiy, o‘qish savodxonliini rivojlantirish va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida onlayn va offlayn tarzda mashg‘ulotlar o‘tilyapti.

Xususan, Metodik marafonning bugungi treninglarida viloyat trenerlari Pedagogik mahorat markazi katta o’qituvchisi Nafosat Soliyeva va dotsent Jaloliddin Boboqulov, shuningdek Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi katta o’qituvchisi Sh.Xujaqulovla taqdimot qilishib, trening mashg’ulotlari o‘tishdi.