Bugun Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan keng qamrovli madaniy-ko‘ngilochar tadbir bo‘lib o‘tdi.
Markazning barcha kafedra va bo‘limlari xodimlari hamda kurs tinglovchilari hamkorligida tashkil etilgan ushbu ayyom nafaqat o‘zbek milliy qadriyatlari, balki mamlakatimizda yashovchi turli millat vakillari urf-odatlarini o‘zida mujassam etdi.
Tadbirni Mahorat markazi direktori Uktamjon Mardanov tabrik so‘zi bilan ochib berdi.
Madaniy-ko‘ngilochar tadbirda Karmana tumani madaniyat bo‘limi xonandalarining diltortar qo‘shiqlari, raqqosalarning jozibali raqslari ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


