Daqqt! Sayt test rejimida ishlamoqda.

Seminar-trening

Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiнинг “2026-yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-58-son Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berishga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda Pedagogik mahorat markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri Jahongir Po‘latov maʼruzachi sifatida chiqish qilib, Prezident Qarorida tilga olingan muhim islohotlar, ta’lim sohasidagi ustuvor vazifalar va ularning ijrosi bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirdi.

Seminarning keyingi qismida markaz direktori o‘rinbosari Dilyara Tuxfatullina hamda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari Ulfat Rahmonov va Laylo Ro‘ziyevalar tomonidan «Yangi dars tahlili» mavzusida master-klass o‘tildi. Unda darslarga kreativ va yangicha yondashish qoidalari, tinglovchilar, ular orqali esa o‘quvchilar diqqatini jalb eta bilish usullari, dars o‘tish va tahlilning yangi metodikalarini tushuntirib berishdi.