Xo‘jalik ishlari bo‘limi boshlig‘iga o‘z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarni amalga oshiradi:
– markaz ma’muriy binolarining tashqi ko‘rinishi, ta’mirtalab joylarini ta’mirlash choralarini ko‘rish, binolarining texnik holatiga ya’ni saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o‘quv ko‘rgazmali jihozlar va hokazolar)ning saqlanishiga;
– markazdagi xo‘jalik ishlarini nazorat qilish, har oyda hisobchiga ishchi-xodimlarni ishga kelganligi haqida tabel topshirish;
– hisobchiga oy oxirida kirim-chiqim qilingan moddiy tovar boyliklarining (markazga olib kelingan inventarlarni, xo‘jalik va konselyariya mollarini kirim qilish, ularni o‘z vaqtida tarqatish, ro‘yxatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish) aylanma qaydnomasini topshirish;
– kommunal xizmat ko‘rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda shahar g‘aznachilik bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun markazlashgan hisobxonaga taqdim etish;
– elektr tarmog‘ining uzluksiz va sifatli ishlashini nazorat qilish, favqulodda holatlarning oldini olish choralarini ko‘rib borish;
– telefon va ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanishda uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda shaxar telefon tarmog‘ining bo‘linmasiga xabar berib, aloqani tiklash choralari ko‘rish;
– markaz sanitariya holatini talab darajasida bo‘lishida, farroshlar, hojatxonalar, binolarni qo‘riqlashda qorovullar, atrof muhitni obodonlashtirishda bog‘bonlar ishini to‘g‘ri tashkil qilish;
– bir yilda bir marta markaz ishchi guruhi bilan moddiy boyliklarni turlari bo‘yicha inventarizasiya qilish;
– qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosan issiqlik darajasi va bosiminingetarli darajada bo‘lishini, uning davomiyligini, issiqlik yetarli darajada bo‘lmagan kunlarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga ma’lum qilish, markazlashgan hisobxonaga issiqlik uchun to‘lab beriladigan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirish;
– kuz-qish mavsumiga markaz binosi tomlarini, oyna va romlarni, isitish tizimlarini, kanalizasiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltirish;
– nazorat-kuzatuv moslamalarini uzluksiz ishlashini nazorat qilish va ularni davriy ravishda texnik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;
– Qo‘riqlash va yong‘indan ogoh etuvchi qurilmalarning doimiy ish holdaligi, yong‘in xavfsizligi asboblarining yetarli darajada bo‘lishini nazorat qilish;
– Yong‘in, texnika va fuqarolar xavfsizligi qoidalarini FVV nazoratchilari bilan ishlab chiqib hamkorlikda rejalar, ko‘rgazmali stendlar tayyorlaydi tashkillashtiradi.