Hamkorlik dasturiga asosan Navoiy viloyati Pedagogika markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchi Soliyeva Nafosat va Navoiy davlat pedogogika instituti Fizika-astronomiya oʻqitish metodikasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan fizika kursi ishtirokchilari uchun labaratoriya mashgʻulotlari tashkil etildi. Ushbu jarayonda fizika fani ishtirokchilarining zamonaviy texnologiyalar yordamida amaliy mashgʻulotlarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshirildi.Read More
Navoiy viloyati Pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi dotsenti v.b P.Djurayeva tomonidan «Inklyuziv ta’limni tashkil etishda zamonaviy strategiyalar» mavzusida Tarix fani kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi. Unda ishtirokchilar Inklyuziv taʼlimni tashkil etishning zamonaviy strategiyalari, Inklyuziv taʼlim sinfi maqomi berilgan sinflar va korreksion sinflarda taʼlimni tashkil etish mazmun mohiyati, normativ meʼyoriy...Read More
Hurmatli tadqiqotchi, oʻqituvchi va murabbiylar! Sizlarni «Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni tashkil etish. Inklyuziv ta’limni targ‘ib qilish qoidalari» mavzusida boʻlib oʻtadigan online-vebinarga taklif etamiz! Ushbu mavzuda oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Navoiy viloyati Pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilaridan bevosita javob olasiz. 2024-yil 18-yanvar kuni quyidagi ZOOM havolasi orqali soat 14:00da ishtirok etishingiz mumkin....Read More
Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi xalqimizni barchamiz uchun qadrli bayram – «Vatan himoyachilari kuni» bilan qutlaydi. El-yurt tinchligi, oilalar osoyishtaligi, chegaralarimiz daxlsizligi uchun sidqidildan xizmat qilayotgan fidoyi oʻgʻlonlarga minnatdorlik bildiramiz. Aziz Vatan himoyachilari! Sizlarga oilaviy xotirjamlik, sogʻlik-salomatlik, koʻtarinki ruhiyat tilaymiz. Hayotingiz va faoliyatingiz doimo sharaf va zafarlarga toʻliq boʻlsin!Read More
Navoiy viloyati pedagogika markazida 14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari va kurs ishtirokchilari tomonidan «Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni» shiori ostida badiiy kecha tashkil etildi. Unda turli sahna koʻrinishlari, 5-son Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining badiiy chiqishlari tomoshabinlarga manzur boʻlib, bayram kayfiyatini...Read More