Kafedra 2001-yilda tashkil qilingan.
Kafedraga 2018-yil 2-martdan boshlab Pulatov Jaxongir Nazirovich rahbarlik qilmoqda.
ASOSIY VAZIFALARI
Pedagog xodimlarning kasbiy bilimi, koʻnikmasi va mahoratini uzluksiz yangilab borish, zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish hamda mustaqil fikrlash koʻnikmalarini singdirish, pedagogik nufuz va kompetentlikni rivojlantirish;
oʻz pedagogik faoliyatida zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini yaratish koʻnikmalarini shakllantirish;
ilmiy-pedagogik ijodkorlik metodologiyasi hamda pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha bilimlarni singdirish, shuningdek, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish koʻnikmalarini shakllantirish;
oʻquv-tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy ishlarni amalga oshirishda ilgʻor ta’lim-tarbiya texnologiyalari va jahon tajribasidan foydalanish koʻnikmalarini mustahkamlash.
“Uzluksiz kasbiy rivojlanish” maxsus elektron platformasi orqali pedagog xodimlarning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzishda ishtirok etish;
pedagog xodimlar tomonidan zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish;
oliy ta’lim muassasalari kafderalari, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan oʻzaro integratsiyani ta’minlash, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
oliy ta’lim tashkilotlarining pedagog boʻlmagan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun pedagogik tayyorgarlik modullarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish hamda bakalavriatning soʻnggi ikki bosqichida tahsil olaytogan talabalar mazkur modullar boʻyich oʻqitish.
О‘QITILADIGAN YO‘NALISLAR
О‘QITILADIGAN MODULLAR
I.Ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish
II. Umumkasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish (Invariant).
III. Fanni oʻqitishga zamonaviy yondashuvlar.
Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan xalqaro, respublika hamda mintaqaviy jurnal va konferensiya tо‘plamlarida muntazam ravishda ilmiy maqolalar chop ettirilmoqda.
Kafedra professor-о‘qituvchilarining keyingi yillardagi faoliyati davomida 30 dan ziyod о‘quv va uslubiy qо‘llanmalar tayyorlandi hamda turli mavzulardagi ilmiy OAK tasarrufidagi jurnallarda 20 ortiq maqolalar va respublika miqyosidagi ilmiy, ilmiy-ommabop jurnal va konferensiyalarda 100 dan ortiq maqolalar chop etildi.
So‘nggi yillarda kafedra ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
2020-o‘quv yilda Pulatov Jaxongir Nazirovich 09.00.04 –ijtimoiy falsafa “Demokratik jamiyatda “Inson taraqqiyoti” konsepsiyasining ijtimoiy falsafiy tahlili” mavzusi bo‘yicha doktorlik dissetatsiyasi (PhD) himoyasi, 2021-yil dotsentlik unvoniga ega bo‘ldi.
2022-o‘quv yilda Karimova Dilfuza Abduqayumovna “Yoshlarning zamonaviy madaniy qiyofasini shakllantirishda umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni” mavzusida, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi va 2024-yilda dotsetlik unvoni olishga muvaffaq bo‘ldi.
2025-yilda Muhamadiyeva Laziza Nizomovna “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligidagi “Turkiston ASSRda harbiy matbuot: shakllanishi, faoliyati, o‘ziga xos jihatlari (1918–1924 yy.)” mavzusida, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bo‘yicha dissertatsiyasini himoya qildi.
Kafedra professor-о‘qituvchilari Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.