DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi

FIOBoboqulov Jaloliddin Qurbonovich
LavozimiBo‘lim boshlig‘i
Ilmiy darajasi-
Ilmiy unvoni-
Telefon raqami:+998 999558436
E-mailjaloliddin1107@mail.ru

Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi xodimlari

Jalilov Davron Jamshid o’g’libo‘lim bosh mutaxassisi. 1995-yil Navoiy viloyati Karmana tumanida tug’ilgan. 2019-yil Navoiy pedagogika institutining «Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari» yo‘nalishini tamomlagan.

Xalimova Dildora Xaitovnabo‘lim bosh mutaxassisi. 1984-yil Buxoro viloyati Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2005-yilda Navoiy davlat pedagogika institutining «O‘zbek tili va adabiyoti» yo‘nalishini tamomlagan.

 

 Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi boshlig‘ining lavozim yo‘riqnomasi

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi buyruqlari, hududiy markaz kengashi qarorlari asosida bo‘lim faoliyatini boshqarish va nazorat qilish;
ushbu hujjatlar asosida bo‘limning umumiy yo‘nalishini belgilab, tashkiliy ishlarni samarali tashkil etish;
bo‘limning yillik ish rejasi, xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar, loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish, ularni bo‘lim yig‘ilishlarida muhokama qilish va hududiy markaz rahbariyatiga tasdiqqa taqdim etish.
rejalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan aniqlab, ularni hal etish choralarini ko‘rish;
bo‘lim faoliyatini tahlil qilish, belgilangan maqsadlarga erishish darajasini baholash va natijalarga asoslanib, kelgusidagi rejalarni tuzish. Faoliyatning samaradorligini oshirish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
bo‘lim xodimlarining ish yuklamasini ularning mutaxassisligi va tajribasiga mos ravishda taqsimlash, ularning belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish. Ish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni hal qilishda xodimlarga ko‘maklashish va zarur resurslarni taqdim etish;
hududiy markaz kengashi va direktor huzuridagi ishlab chiqarish majlislarida qatnashish, bo‘lim faoliyati bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish. Hisobotlarda bo‘limning yutuqlari, mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha takliflar kiritish;
pedagoglarning “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasida faoliyatini nazorat qilish;
“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasidagi ma’lumotlar xalq ta’limi tizimiga taalluqli muhim manbalar ekanligini hisobga olib, ushbu ma’lumotlar bazasini saqlash va xafvsizligini ta’minlash;
platformada onlayn darslarda ishtirok etayotgan foydalanuvchilar tomonidan yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatish;
malaka oshirish kurslari o‘quv modullari kontentini shakllantirishga bo‘lgan talablarni va o‘quv modullarini markazlashtirilgan holda ishlab chiqish va elektron platformaga joylashtirilishini tashkil qilish;
uzluksiz kasbiy rivojlantirish tayanch kurslari o‘quv modullarining kontentlarini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish;
kurs kontent materiallarini talablar asosida tayyorlanishini doimiy nazorat qilib borish.
kontent materiallarini elektron platformaga joylashtirilishini tashkil qilish;
bo‘lim faoliyatining natijadorligini baholash, tahliliy hisobotlarni tayyorlash va hududiy markaz rahbariyatiga taqdim qilish. Faoliyatning sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
bo‘limda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, xodimlarning sog‘lig‘ini saqlash va mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
bo‘limda mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
xodimlar tomonidan mehnat intizomi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, mehnat intizomini buzganlarga nisbatan tegishli choralarni ko‘rish va intizomiy jarayonlarni yuritish.

Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisining lavozim yo‘riqnomasi

Hududiy markaz va bo‘lim nizomlari asosida faoliyatni samarali amalga oshirish.
Pedagoglarning “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasida faoliyatini nazorat qilish;
Hududiy markaz ichki tartib qoidalari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
Ish jarayonida intizom va tartibni saqlash, xavfsizlik talablari bo‘yicha o‘quv kurslarida qatnashish va bilimlarni doimiy ravishda yangilab borish;
O‘z faoliyatida xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish, texnik nosozliklarni aniqlash va ular haqida mas’ul shaxslarga xabar berish;
Hududiy markaz tomonidan tashkil etilgan ilmiy va o‘quv-uslubiy tadbirlarda ishtirok etish, o‘z bilim va tajribalarini bo‘lim xodimlari bilan baham ko‘rish, yosh tadqiqotchilar va xodimlarga maslahatlar berish;