Axborot-resurs markazi bosh mutaxassisining lavozim majburiyatlari
Axborot-resurs markazi umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining buyruqlari, hududiy markaz kengash qarorlari, nizomi, buyruqlari hamda Axborot-resurs markazi nizomi asosida ish faoliyatini samarali tashkil etish;
Axborot-resurs markaziga yuklatilgan vazifa va kasbiy majburiyatlarni bajaradi, uning ish faoliyatini samarali tashkil etadi hamda ijro intizomiga rioya qiladi;
Axborot-resurs markazining yillik va istiqbol ish rejalarini shakllantiradi, ularni o ‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
Axborot-resurs markazi fondining saqlanishini nazorat qilish;
Fondning zahirasini tiklashni ta’minlash bo‘yicha pedagogika yo‘nalishidagi adabiyotlar bilan kutubxona fondini boyitish;
Axborot-resurs markazida kafedra va bo‘limlar bilan hamkorlikda turli tadbirlar, o‘quv seminar-treninglar, konferentsiyalar hamda ijodiy tadbirlar tashkil etadi;
Axborot-resurs markazining axborot izlash tizimlarini yaratish ishlaridagi innovatsion jarayonlarni bibliografik, axborot, metodik, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga joriy etilishini amalga oshiradi;
Axborot-resurs markazi mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni ta’minlash;
Axborot-resurs markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishni va ularning saqlanishini hamda samarali foydalanilishini ta’minlash;
Pedagogik mahorat markazi xodimlar va tinglovchilarni darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, metodik materiallar, videomateriallar, audiovizual va obunaga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, istiqbol rejalar tuzish, nashr qilish va pedagog xodimlarni xabardor qilish ishlarini tashkil etish;
Axborot-resurs markazining foydalanuvchilariga kutubxona resurslari xizmatini ko‘rsatish hamda uning bosma va elektron fondini shakllantirish;
Axborot-resurs markazida elektron kutubxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Axborot-resurs markazida hisob-moliya hujjatlari (inventar daftari, ish kundaligi, yo‘qotilgan kitoblar o‘rniga qabul qilingan kitoblarni hisobga olish daftari, kelib tushgan va hisobdan chiqarilgan hujjatlar yuzasidan dalolatnoma, fondni inventarlashtirish va tekshirish ishlarining o‘tkazilganligi haqidagi dalolatnomalar, ma’lumotnomalar, davriy nashrlarning qaydlov kartotekasi)ni yuritish;
sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
Axborot-resurs markazi bosh mutaxassisiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.