Rahbariyat

RO‘ZIQULOV FAXRIDDIN RASULOVICH
Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini  qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori
    Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich 1989-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini “Psixologiya” mutaхassisligi bo‘yicha tugatib,“Psixolog, psixologiya fani o‘qituvchisi” kvalifikatsiyasini olgan. 1989-2010-yillarda Navoiy davlat pedagogika institutida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari va fakultet dekani lavozimlarida ishlagan.  2010-2017-yillarda Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori lavozimida ishlagan. 2018-yil 3-yanvardan Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori lavozimiga tayinlangan. Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
 
Qabul kuni: Haftaning chorshanba va juma kunlari  soat 15.00 dan 17.00 gacha,
 shanba kuni soat 10.00 dan 12.00 gacha
__________________________________________________________________________________________
PULOTOV ABDURAYIM MUROTOVICH
O‘quv va ilmiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.b.
    Pulotov Abdurayim Murotovich 1993-yil Navoiy davlat pedagogika institutini Matematika va informatika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.  2018-yil 3-yanvardan Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini  qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi O‘quv va ilmiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
 
Qabul kuni: Haftaning dushanba, seshanba va payshanba kunlari soat 15.00 dan 17.00 gacha
__________________________________________________________________________________________