“Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi 1998-yilda tashkil topgan. Kafedraga psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Do‘sanov Elbek Absamatovich rahbarlik qilmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 3 nafar (DSc) professor, 2 nafar dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafеdra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati 83,4 foizni tashkil etadi.
Kafеdra professor-o‘qituvchilari tarkibi :
1.Do‘sanov Elbek – kafеdra mudiri. psixologiya f.f.d. (PhD) dotsent
2.Ro‘ziqulov Faxriddin – psixologiya f.d, (DSc), professor.
3. Safarov Dilmurod – psixologiya f.d, (DSc), professor.
I. O‘QUV ISHLARI
2025-o‘quv yili davomoda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan malaka oshirish ta’limini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, ta’lim-tarbiyaning yangi sifat bosqichiga ko‘tarish yuzasidan ko‘pgina ishlar amalga oshirildi.
Kafedra mudiri Do‘sanov Elbek Absamatovichning Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil 4-oktyabr rayosatida ”Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” ixtisosligidan dotsentlik unvoni dasdiqlandi.
Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich Oliy attestatsiya komissiyasi Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi kengashining tavsiyasiga ko‘ra ”Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” ixtisosligidan professorlik unvoni dasdiqlandi
Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich Oliy attestatsiya komissiyasi Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy kengashning qaroriga asosan 2024-yil 31-oktyabr kuni Psixologiya fanlari doktori (DsC) ilmiy daraja berildi.
Safarov Dilmurod Xalimovichga Oliy attestatsiya komissiyasi Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy kengashning qaroriga asosan 2024-yilda Psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy daraja berildi.
II. ILMIY- METODIK ISHLAR
Ilmiy metodik ishlanmalar – 3 ta darslik, 3 ta monagrafiya, 5 ta uslubiy qo‘llanma 4 uslubiy tavsiyalar chop etildi.
III . ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Ilmiy tadqiqot ishlarda Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan oak tasarrufida bo‘lgan ilmiy nashrlarda 7 ta ilmiy maqolasi chop etildi. ilmiy konferensiya va anjumanlarda, xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalarda 16 ta tezislar, respublika miqyosdagi ilmiiy anjumanlarda 17 ta tezislari chop etildi.
2025-yil 18-aprel kuni “Milliy ta’lim yaratilishida innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Anjumanda soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor- o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrant va iqtidorli talabalar ishtirok etishidi. Anjuman materiallari elektron to‘plam tarzida nashr etildi va anjumanning barcha ishtirokchilariga sertifikat taqdim etildi.
Kafedra katta o‘qituvchisi Akramova Dilafruz Sharofiddinovnaning “9-11-sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda kommunikativ treninglardan foydalanishni takomillashtirish” mavzusida (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Buxoro davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy Kengashga “13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosliklari bo‘yicha himoya seminariga topshirildi. Choriqulov Rustamjon Ibodulla o‘g‘lining 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Kredit-modul tizimi sharoitida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishning ilmiy-didaktik asoslari” mavzusida (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoya seminariga topshirildi.
Kafedra katta o‘qituvchisi O‘tapov Ziyo Bakirovichning 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha “Yuqori sinf o‘quvchilarini kiberbulling xulqdan himoyalanishning psixologik xususiyatlari” mavzusida (PhD) ilmiy tadqiqot ishi markaz Kengashida tasdiqlandi va OAK byulletiniga mavzu tasdiqlash uchun yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “2025-yilda o‘tkaziladigan respublikа miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga muvofiq Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida 2025-yil 19-sentyabr kuni “Ta‘limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Kafedra katta o‘qituvchisi Choriqulov Rustamjon Ibodulla o‘g‘li “Talabalar mustaqil ta’lim olish jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakl, metod va vositalari” mazusida ma’ruza qildi.
IV . TASHKILIY-METODIK ISHLAR
Tashkiliy-metodik ishlarda o‘zaro darslar tahlil qilindi va ochiq darslar mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ishlari olib borildi hamda kafedra ish rejasiga muvofiq quydagi o‘qituvchilar ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazishdi.
– 15- yanvar kuni 1-juftlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosarlari kursi tinglovchilariga E.Do‘sanov tomonidan “Zamonaviy ta’limda ijtimoiy-hissiy intellektning tutgan o‘rni”; “Ochiq darsi”
– 24- yanvar I-bino I smеna, III juftlik, 3 – xonada “Pedagogika, psixologiya va talim texnologiyalari” kafеdrasi dotsenti K.Astanaqulov tomonidan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar direktor o‘rinbosarlari” kursida “O’quvchilar xavfsizligini ta’minlash va tahdidlardan himoya qilis” modulidan “O‘quvchilar xavfsizligini ta’minlashda direktor o‘rinbosarining vazifalari” mavzusidagi “Ochiq darsi”
– 11-fevral kuni 3-juftlikda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosarlari kursi tinglovchilariga E.Do‘sanov tomonidan “Maktab oʻquvchilari kognitiv rivojlanishining psixologik o‘ziga xosligi”; “Ochiq darsi”
– 11-fevral kuni 1-juftlikda kimyo va informatika guruhiga potok kursi tinglovchilariga X.Xasanova tomonidan “Xalqaro baholash dasturlar (PISA, TIMSS va PIRLS) natijalari asosida ta’lim samaradorligini oshirish”; “Ochiq darsi”
– 11-mart kuni 2-juftlikda amaliyotchi psixologlar kursi tinglovchilariga E.Do‘sanov tomonidan “Oʻquvchilar, oʻqituvchilar, ota-onalarning psixologik madaniyatini shakllantirish”; “Ochiq darsi”
– 7-mart kuni 1-juftlikda pedagogika fani o‘qituvchisi R. Choriqulov tomonidan geografiya fani o‘quvchilarda “Inklyuziv va ehtiyojlarga asoslangan differensial 2 ta’limning zamonaviy yondashuvlari”;
– 2-aprel kuni 3-juftlikda pedagogika fani o‘qituvchisi Z.O‘tapov tomonidan boshlang’ch ta’lim qazaq guruppa va tarbiya fani o‘quvchilarda “Inklyuziv ta’limning psixologik-pedagogik va metodologik asoslari” “Ochiq darsi”
– 3-aprel kuni 1-juftlikda pedagogika fani o‘qituvchisi Ch.Shavqiyeva tomonidan Boshlang‘ich va tarix “Zamonaviy ta’limda ijtimoiy-hissiy intellektning tutgan o‘rni” kabi mavzularida ochiq darslar o‘tkazildi. “Ochiq darsi”
– 15-may kuni pedagogika fani o‘qituvchisi Z.O‘tapov tomonidan “Kasbiy faoliyatni rivojlantirishda individual va hamkorlik faoliyatini tashkil etish metodikasi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. “Ochiq darsi”
Tashkil etilgan ochiq darslarda ko‘rgazmalar, tarqatma materiallar, slaydlar va interfaol usullar qo‘llanildi, o‘qituvchi tomonidan tinglovchilarni qiziqtiradigan savollarga o‘z vaqtida javob berib borildi. Ochiq dars yakunida tahlilga kirgan professor-o‘qituvchilar bilan dars tahlili o‘tkazildi, ularning ochiq mashg‘ulot haqidagi fikr-mulohazalari eshitildi va yo‘l qo‘yilgan ayrim xato hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar berildi
V. MA’NAVIY – MA’RIFIY ISHLAR
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar hududiy markazda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ma’naviyat darslarida ishtirok etildi. Shuningdek jamoat tashkilotiga rahbarlik ishlari amalga oshirildi jumladan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan, Navoiy viloyati Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarni qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘laridan “Kam ta’minlangan va kambag‘al oilalarning huquqiy savodxonligini oshirish va bepul yuridik maslahat berish” nomli grant loyihasi doirasida aholidan tushgan og‘zaki murojatlardan kelib chiqib, xotin-qizlarga psixologik maslahat berish bo‘yicha volontyor bo‘lib faol ishtrok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi FVV O‘MvaTOYXTTEB “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Aksiyadorlik jamiyati va “Navoiyuran” Davlat korxonasi obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazida davra suhbati tashkil etilib, shaxsiy tarkib o‘rtasida “Markaz harbiy xizmatchi va xizmatchilari orasida suitsid holatlarini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik chora-tadbirlar” mavzusida ma’ruzalar qilindi. Bundan tashqari viloyatdagi qator tashkilotlarda, mahallalarda davra suhbatlarida ma’ruzachi sifatida ishtirok etildi, televideniyeda “Yoshlar ma’naviyati”, “O‘smir yoshlar o‘rtasida suitsidni oldini olish”, “Kompyuter o‘yinlarining yoshlarga psixologik ta’siri”, “Yoshlarni virtual olamga bog‘lanib qolishini oldini olish” mavzulari doirasida chiqishlar qilindi.
Navoiy innovatsiyalar universiteti, Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi va Karmana tumanidagi 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi hamkorligida talabalar uchun master klass va seminar trening tashkil etildi.
Malakali amaliyotchi va psixologlar tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlar ko‘tarinki ruhda, qiziqarli o‘yinlar, intellektual musobaqalar hamda savol-javoblar asosida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
2025-yil 4-iyun kuni kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Xasanova Xurshida Naimovna tomonidan Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) o’quv ishlar bo’yicha direktor o‘rinbosarlari kurs tinglovchilariga “Xalqaro baholash dasturlari (PIRLS, PISA, TIMSS va TALIS) natijalari asosida taʼlim sifatini oshirish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Dars davomida tinglovchilar PIRLS, PISA, TIMSS va TALIS xalqaro tadqiqot natijalari asosida ta’lim sifatini oshirish yo‘lida amalga oshiriladigan yangi yondashuv va strategiyalar bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
2025-yil 5-iyun kuni Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Safarav tomonidan Ona tili fani o‘qituvchilari kursi tinglovchilariga “Favqulodda 90 kunlik” yuzasidan Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Xalqaro baholash dasturlari (PIRLS, PISA, TIMSS va TALIS) natijalari asosida taʼlim sifatini oshirish” mavzusi asosida dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida xalqaro baholash jarayonlarida munosib qatnashish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganligi va PIRLS, PISA va TIMSS savodxonlikni baholashga qaratilgan eng nufuzli tadqiqotlardan biri ekanligigni aytib o‘tdi.
2025-yil 10-iyun kuni kafedrasi mudiri psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent E.Do‘sanov tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) o’quv ishlar bo’yicha direktor o‘rinbosarlari kursi tinglovchilariga “Favqulodda 90 kunlik” yuzasidan Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Xalqaro baholash dasturlari (PIRLS, PISA, TIMSS va TALIS) natijalari asosida taʼlim sifatini oshirish” mavzusi asosida dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida xalqaro baholash jarayonlarida munosib qatnashish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganligi va PIRLS, PISA va TIMSS savodxonlikni baholashga qaratilgan eng nufuzli tadqiqotlardan biri ekanligigni aytib o‘tdi.