Kafedra 2009 – yilda tashkil etilgan. 2021-yildan boshlab, kafedra mudiri lavozimida Astanaqulov Kamoliddin Maxkamovich rahbarlik qiladi. Kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi: «Mаktаbgаchа, bоshlаng‘ich va maxsus tа’lim–tizimida Pedagogik faoliyat jarayonlarini zamonaviy tarzda tashkil etishning qulay shart-sharoitlari» deb nomlanadi. Kafedrada jami 7 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi, jumladan 2 nafar falsafa doktori(PhD), 2 nafar dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi, faoliyat olib borishadi. Kafedra ilmiy salohiyati 42,8 % ni tashkil etadi.
Kefedrada boshlang’ich ta’lim sinf o’qituvchilari hamda maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarbiyachilari malakasini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha 49 ta kurs tashkil etilib, 1277 nafar tinglovchi oflayn shaklida malaka oshirdi (100 soatlik). Mashg‘ulotlarda “Kichik guruhlarda ishlash”, “Tadimot”, “Keys stadi”, “Bahs-munozara” FSMU , «Zinama – zina» , «Muammo» texnologiyasi, “Nima uchun” sxemasi, Sinkveyn – usuli, Venn Diagrammasi, «3 x 4» texnologiyasi, “SWOT-tahlil” metodlaridan foydalanildi.
Kafedrada mashg‘ulotlarni mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori ilmiy-metodik, ma‘naviy, madaniy saviyada o‘tishni ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy-metodik saviyalarini uzluksiz ravishda oshirib va pedagogik mahoratlarini muntazam ravishda takomillashtirib boradilar. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan hozirgi kunga qadar 2 ta DGU guvohnomasi, 7 ta darslik va 4 ta o‘quv qo‘llanma Vazirlik hamda nashriyot grifi bilan nashr etilgan. Jumladan; Методика подготовки детей к школе, Tarbiyaviy ishlar metodikasi, Методика воспитательной работы, Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi, Boshlang’ich talim pedagogikasi innovatsiay va integratsiyasi (o’zbek va qozoq) tillarida, Boshlang’ich talim pedagogikasi darsliklari shuningdek maktabgacha ta‘lim tashkiloti tarbiyachilari uchun “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida didaktik o‘yinlarni tashkil etish metodikasi” Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarini innovatsion usulida o‘qitish metodikasi”, boshlang‘ich ta‘lim fani o‘qituvchilari uchun Boshlang‘ich sinfda o‘qish ko‘nikmalari metodikasini o‘qitishda kreativ yondashuv”. (qozoq tilida) O‘quvchilarning matematik ko‘nikmalarini xalqaro tadqiqotlar asosida o‘rgatish metodikasi”. Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishga zamonaviy yondashuv”mavzularida metodik ko‘rsatmalar tayyorlaydilar.
Kafedra folyatiga doir masalalarini hal etishda, kafedra majlislarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedrada ilmiy-metodik ishlar yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib o‘qituvchilarimiz tamonidan ijodiy yondashilmoqda.
III. ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Kafеdra professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy o‘quv yilida 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar tayyorlanib, OAK tasarrufidagi jurnallar, Xalqaro OAK tasarrufidagi jurnallar, mahalliy gazetalar, respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida e’lon qilinib kelinmoqda.
Xalqaro jurnallarda 14 , respublika OAK tasarrufidagi jurnallarda 7 ta, respublika 32 ta, va xalqaro konferensiyalarda 15 dan ortiq tezislar, chop etildi. Joriy o‘quv yilida kafedrada taʼlim jarayoni bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib borilib, kafedra katta o‘qituvchisi Mansurova Surayyo Ravshanovna 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha «Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni gender yondashuv asosida ta’limiy faoliyatini tashkil etish texnologiyasini takomillashtirish» mavzusidagi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun ilmiy dissertatsiya ishini muvafaqqiyatli himoya qildi
Kafedra dotsenti v/b Djurayeva Dilfuza tomonidan “ Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarida jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi ” mavzusida tadqiqot ishi olib borilmoqda.
Kafedrada “Ta’lim tizimida yangi metodikalar va ulardan foydalanishning amaliy asoslari” mavzusida Respublika ilmiy –amaliy konferensiya tashkil etildi.(2024-yil 29 – mart Navoiy) Kafedrada 2025-yil 13-mart kuni viloyat ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press_tur tashkil etildi.
Matabgacha va boshlang‘ich ta‘lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarga alohida e‘tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’lim vazirligining qarorlari va buyruqlari ijrosini ta’minlash. Davlat umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish (“Navro‘z”, “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni”, “Mustaqillik kuni”, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”, “Konstitutsiya kuni”). Kurs tinglovchilarining Navoiy shahri, Nurota va Karmana tumanining diqqatga sazovor joylariga tashrifini tashkil etish. Buyuk adiblar, yozuvchi va shoirlarning tavallud kuniga va boshqa muhim sanalarga bag‘ishlab badiiy kechalar tashkil etish. Pedagogika markazdagi xodimlar va tinglovchilar o‘rtasida sport musoboqalarini (voleybol, stol tennisi, shaxmat, basketbol, mini futbol) o‘tkazish. Birinchi Prezidentimiz va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevlar asarlarini tinglovchilar bilan birgalikda o‘rganish tadbiri ham olib borildi.