DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Ijro iintizomi bo‘yicha bosh mutaxassis

FIOAxmatova Gulxayo Meritdin qizi
LavozimiBo‘lim bosh mutaxassisi
Ilmiy darajasi-
Ilmiy unvoni-
Telefon raqami:+998 93 461 88 82
E-mail

Ijro iintizomi bo‘yicha bosh mutaxassisining lavozim yo‘riqnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, boshqa direktiv organlardan,vazirlik-idoralardan, ommaviy axborot vositalaridan va boshqa turli tashkilotlardan kelib tushgan xat-hujjatlarni belgilangan tartibda kirim qilish va rahbariyatga kiritish;
mas’ul ijrochilar tomonidan vazirlikning tegishli hujjatlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni o‘z muddatida vazirlikka taqdim etilishini ta’minlash;
Hududiy markaz rahbariyati tomonidan imzolangan buyruq, bayonnoma, xat va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish;
Hududiy markazning asosiy faoliyatga oid buyruqlar ijrosi bajarilishi bo‘yicha monitoring yuritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini rasmiylashtirish, ko‘rib chiqish.
Hududiy markazga rasmiy pochta aloqalari (pochta, Hududiy markazining global tarmoqdagi elektron pochtasi, E-xat elektron xat almashinuvi tizmi) orqali kelib tushgan hujjatlarni edo .ijro .u z yagona elektron hujjat almashish tizimiga ro‘yxatga olish;
ro‘yxatdan o‘tgan hujjatlarni Hududiy markaz rahbariyati hamda uning tarkibiy bo‘linmalariga yetkazish, ijrosi ta’minlangunga qadar nazorat yuritish;
ijrosi ta’minlangan hujjatlarni rahbarning ko‘rsatmasi bilan nazoratdan olish.
amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot va ma’lumotlarni sifatli hamda o‘zbek adabiy tili qoidalariga muvofiq tayyorlanishini nazoratga olish;
amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yarim yillik va yillik hisobotlarni o‘z muddatida rahbariyatga taqdim etilishini ta’minlash.
Hududiy markaz rahbariyati tomonidan imzolangan buyruq, bayonnoma, xat va boshqa hujjatlarni institut nomenklaturasi asosida ro‘yxatga olish;
Hududiy markaz rahbariyati tomonidan imzolangan xat va boshqa hujjatlarni tegishli tashkilotlarga o‘rnatilgan tartibda yetkazish;
Umumiy bo‘lim ish faoliyatida to‘plangan hujjatlar yig‘ma jildi (buyruqlar, kirish va chiqish xatlari, qayd qilish kitoblari) to‘liq holatda belgilangan muddatda idoraviy arxivga sifatli doimiy saqlash uchun topshirishni ta’minlash.
Hududiy markazning asosiy faoliyatga oid buyruqlar ijrosi bajarilishi bo‘yicha haftalik, oylik monitoring yuritish;
Hududiy markazning asosiy faoliyatga oid buyruqlar ijrosi bajarilishini direktor huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishlarida muhokamaga kiritish;
Hududiy markazning asosiy faoliyatga oid buyruqlar ijrosi bajarilishi yuzasidan hisobotini talab asosida boshqa bo‘linmalar bilan bevosita hamkorlikda tashkil etish.
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan og‘zaki va yozma murojaatlarni qabul qilish;
murojaatlar yuzasidan muallifga o‘rnatilgan tartibda asoslangan ma’lumot taqdim etish;
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan va nazoratga olingan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni har yarim yillikda rahbariyatga taqdim qilish.