Kafedra 2007 – yilda tashkil etilgan. 2025-yildan boshlab, kafedra mudiri lavozimida Xasanova Xurshida Nayimovna rahbarlik qiladi. Kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi: «Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etishning qulay shart-sharoitlari» deb nomlanadi. Kafedrada jami 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi, jumladan 1 nafar fan doktori(DSc), 2 nafar dotsent, 2 nafar dotsent v.b., 7 nafar katta o‘qituvchi, faoliyat olib borishadi. Kafedra ilmiy salohiyati 25 % ni tashkil etadi.
I. O‘QUV ISHLARI
Kefedrada 2025 o‘quv yilida matematika, informatika, biologiya, fizika, geografiya, kimyo fanlaridan malakasini oshirish yo‘nalishlarida 51 ta kurs tashkil etilib, 1413 nafar tinglovchi oflayn shaklida malaka oshirishi rejalashtirilgan (100 soatlik), qolaversa barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv kurslarida “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” o‘quv modulidan mashg‘ulotlar tashkil qilinmoqda. Mashg‘ulotlarda zamonaviy STEAM ta’limi elementlari, “5E moduli”, “4K yondashuvlari”, “Loyihaga asoslangan ta’lim”, “Muammoga asoslangan ta’lim” hamda kreativ fikrlash va ijodkorlikni o‘stirishga imkon beruvchi metodikalardan foydalanib kelinmoqda.
II. ILMIY- METODIK ISHLAR
Kafedrada mashg‘ulotlarni mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori ilmiy-metodik, ma‘naviy, madaniy saviyada o‘tishni ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra o‘qituvchilari o’zlarining ilmiy-metodik saviyalarini uzluksiz ravishda oshirib va pedagogik mahoratlarini muntazam ravishda takomillashtirib boradilar. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan hozirgi kunga qadar 8 ta DGU guvohnomasi, 8 ta darslik va 4 ta o’quv qo’llanma Vazirlik hamda nashriyot grifi bilan nashr etilgan. Jumladan; Kimyo o‘qitish metodikasi, Organik kimyoni o‘qitishda STEAM ta’limidan foydalanish, Geografiya (boshlang’ich ma’lumotlar), Kimyo fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar, Boshlang‘ich ta’lim, Dasturlash asoslari, Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari nomli darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlandi.
Kafedrada ilmiy-metodik ishlar yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib, o‘qituvchilarimiz tamonidan ijodiy yondashilmoqda.
III. ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Kafеdra professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy o‘quv yilida 35 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar tayyorlanib, OAK tasarrufidagi jurnallar, Xalqaro OAK tasarrufidagi jurnallar, mahalliy gazetalar, respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida e’lon qilinib kelinmoqda.
Xalqaro jurnallarda 4 ta, respublika OAK tasarrufidagi jurnallarda 8 ta, respublika 8 ta va xalqaro konferensiyalarda 12 dan ortiq tezislar chop etildi. Joriy o‘quv yilida kafedrada taʼlim jarayoni bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib borilib,
Kafedraning 5 nafar xodimi turli mavzularda ilmiy tadqiqot ishi olib bormoqdalar.
IV. TASHKILIY-METODIK ISHLAR.
Kafedrada tajriba almashinish maqsadida o‘zaro darslar tahlil qilinadi va ochiq darslar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Joriy yilda jami 15 ta ochiq dars, 8 ta tadbir tashkil qilindi.
Qiziltepa tumanidagi umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirishda ixtisoslashtirilgan maktab tajribalarini joriy etish maqsadida “Oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish”mavzusida seminar-trening tashkil etilib, unda Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent X.N.Xasanova “Kimyo fanini oʻqitish samaradorligini oshirishda kreativ topshiriqlardan foydalanish” mavzusida ma’ruza qildi. Navbahor tumani aniq fanlar o‘qituvchilari uchun “Aniq fanlarni o‘qitishda ilg‘or metodikalar va sun’iy intellektdan foydalanishning samaradorligi” mavzusida oʻquv seminari 2025 yil 15 mayda tashkil qilinib, unda Jo’rayeva Lobar “Ta’limda pedagogik dasturiy vositalar. Multimediali elektron o‘quv resurslarini yaratish”, Boboqulov Jalol “Darslarni samarali tashkil etishda Sun’iy intellekt dasturlarining ahamiyati” va Tojiyev G’ayrat tomonidan “XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishda kreativ va tanqidiy fikrlash”mavzularida ma’ruzalar qilindi. Fevral oyida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Kimyo va metallurgiya” kafedrasiga, may oyida esa shu universitetning “Umumiy fizika” kafedrasiga kimyo va fizika kurslari tinglovchilari olib borildi. Fevral oyida va may oylarida kimyo fani o’qituvchilari Karmana tumanidagi 2-chi maktabga va may oyida Navoiy shahridagi 1-maktabga, iyun oyida Navoiy shahridagi 11 maktabga laboratoriya xonalari bilan tanishish va amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun bordilar. Fevral oyida kimyo va aprel oyida fizika kursi yuksaltiruvchi tinglovchilari ishtirokida “Mening mahorat yo’lim” mavzusida seminar tashkil qilindi. Iyun oyida kimyo, matematika, geografiya yuksaltiruvchi kurslarida “Tajriba almashinish” maqsadida tadbirlar tashkil qilindi.
Iyun oyida tashkil qilingan “Navoiy -Chimboy” master klassida 2025-yil 10-iyun kuni Chimboy tumani taʼlim muassasalaridagi ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari uchun “Navoiy-Chimboy” master-klasslar onlayn-muloqotida Navoiy viloyati PMM katta o‘qituvchisi Boboqulov Jaloliddin Qurbonovich “Darslarni samarali tashkil etishda sun’iy intellekt dasturlarining ahamiyati” mavzusidagi ma’ruzasi, 2025-yil 11-iyun kuni “Darslarni samarali tashkil etishda sun’iy intellekt dasturlarining ahamiyati” mavzusidagi ma’ruzasi bilan, qolaversa kafedra katta oʻqituvchilari G’.Tojiyev, N.Soliyevalar ham ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.
Hududiy markazning professor oʻqituvchilari uchun tashkil qilingan oʻquv seminarida kafedra professor oʻqituvchilari ma’ruzalar bilan qatnashib kelmoqda.
V. MA’NAVIY-MA‘RIFIY ISHLAR
Hududiy markazda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ma’naviyat darslarida ishtirok etildi.