Hududiy markaz faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun Hududiy markaz Kengashi tashkil etiladi.
Hududiy markaz Kengashi faoliyatga doir asosiy masalalar ko‘rib chiqadigan oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Uning tarkibi Hududiy markaz direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Kengash tarkibiga direktor o‘rinbosarlari, kafedralar mudirlari, bo‘lim boshliqlari va xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda jamoat tashkilotlari vakillari kiritilishi mumkin.
Hududiy markaz direktori Kengash raisi, direktor o‘rinbosarlari Kengash raisi o‘rinbosarlari hisoblanadi. Rais biror bir sabablar bilan kengashda bo‘lmagan taqdirda, uning ko‘rsatmasiga binoan majlis o‘rinbosarlardan biri tomonidan boshqariladi.
Hududiy markaz Kengashi qarorlari direktor tomonidan tasdiqlanadi va uning buyruqlari bilan ijroga yo‘naltiriladi.
Hududiy markaz Kengashi kotibi muntazam ravishda Kengash qarorlarining ijro etilishi bo‘yicha nazorat olib boradi va qarorlar ijrosi bo‘yicha yig‘ilishlarda hisobot beradi.
Hududiy markaz Kengashining ish tartibi yillik ish rejasiga muvofiq tashkil etiladi, dolzarb masalalami ko‘rib chiqish uchun rejadan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin.
Quyidagilar Hududiy markaz Kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hududiy markazni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbolli rejalarini tasdiqlash;
kafedralar hamda bo‘limlarning reja va hisobotlarini ko‘rib chiqish, kurslarning o‘quv rejalari va dasturlarini, Hududiy markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni muhokama qilish;
Hududiy markazning o‘quv-metodik va tashkiliy ishlari asosiy yo‘nalishlarini belgilash, qayta tayyorlash va malaka oshirish ishlarini tahlil qilish va ularni muvofiqlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bugungi kun talablari darajasida tashkillashtirish;
qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari, o‘quv rejalari va dasturlarning tarkibiy bo‘linmalar tomonidan bajarilishini ko‘rib chiqish;
kafedra va bo‘limlarini tashkil etish, o‘zgartirish va tugatish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish;
yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish masalalarini ko‘rib chiqish;
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlarni nashrga tavsiya etish;
Hududiy markazning professor-o‘qituvchilarini ilmiy unvonlarga tavsiya etish.