DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Moliya iqtisod va buxgalteriya bo‘limi

FIOShamuradov Rashid Sayfievich
LavozimiBo‘lim boshlig‘i
Ilmiy darajasi-
Ilmiy unvoni-
Telefon raqami:+998 90 646 07 77
E-mail

Razzakov Sardor Burxon o‘g‘li – Moliya iqtisod va buxgalteriya bo‘limi bosh mutaxassisi, 1991yil Navoiy shahrida tugʼilgan, Navoiy Innovatsiyalar Universiteti 3 bosqich talabasi. Sirtqi boʼlim.

Yulieva Halima Olimovna – Moliya iqtisod va buxgalteriya bo‘limi yetakchi mutaxassisi, 1971 – yil                2 – iyunda Buxoro shahrida tugʼilgan. Buxoro Oziq ovqat va yengil sanoati texnologiyalar instituti, muxandis – iqtisodchi fakultetini tugatgan.

Moliya iqtisod va buxgalteriya bo‘limi boshlig‘ining lavozim yo‘riqnomasi

Pedagogik mahorat markazi buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etish;
tovar moddiy boyliklarini olib kelish bo‘yicha ishonchnomalar berish;
hisob siyosatini tuzadi va uning bajarilishini tashkil etish;
moliyaviy hisobotlarni tuzish va tahlil qilish;
pedagogik mahorat markaz mablag‘larining ishlatilishi yuzasidan nazorat o‘rnatish va bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan rahbariyatga tahliliy hisobotlar berib boish;
pedagogika markazi xodimlariga ish haqi to‘lash, ish haqi fondining to‘g ‘ri ishlatilishini nazorat qilish;
buxgalteriyaning ish faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobotlarni, shuningdek buxgalteriya ishlari hisobi va hisobotlar yuzasidan tegishli takliflarni Pedagogik mahorat markazi rahbariyatiga taqdim etib borish;
pedagogik mahorat markazining moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha buxgalteriya hisobini amalga oshirish, moddiy va mehnat resurslaridan tejamli foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish;
pedagogik mahorat markazida buxgalteriya hisobi to‘g ‘risidagi qonunchilikka muvofiq hisob-kitob ishlarini yuritish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;
hisob-kitob ish rejalari, boshlang‘ich hisob-kitob hujjat shakllari, namunaviy shaklda belgilanmagan x o ‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishda qo‘llaniladigan shakllar, ichki buxgalteriya hisobot hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish ishlariga rahbarlik qilish;
moliya-ho‘jalik operatsiyalarining amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish, buxgalteriya axborotlari va hujjatlar almashinuvi qayta ishlanishini ta’minlash;
buxgalteriya hisobini yuritishda zamonaviy texnik qurilmalar va axborot texnologiyalaridan foydalanish, hisob-kitob va nazoratning rivojlangan usul va shakllarini joriy qilinishini ta’minlash;
pedagogika markazining mol-mulki, xo‘jalik operatsiyalari va majburiyatlari, kelib tushuvchi asosiy manbalari, tovar-moddiy boyliklari va pul mablag‘lari, ularning harakati, biznes reja xarajatlari bajarilishi, moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari, shuningdek, moliyaviy va hisob-kitob operatsiyalari hisobini yuritish;
bajarilgan ishlar, ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar, soliqlar va yig‘imlarni budjet va budjetdan tashqari fondlarga to‘g ‘ri hisoblash, o‘tkazish, bank muassasalaridagi to‘lovlar, shuningdek, xodimlarga moddiy yordam mablag‘lari ajratish yuzasidan qonuniy, to‘g‘ri va o‘z vaqtida hujjatlar rasmiylashtirilishini ta’minlash;
buxgalteriya hujjatlari, hisob-kitob va to‘lov majburiyatlarini bajarish, ish haqi fondini taqsimlash, xodimlarning belgilangan lavozim maoshlarini hisoblash, asosiy fondlar, tovar-moddiy boyliklari va pul mablag‘larini inventarizatsiyadan o‘tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tekshirish, shuningdek, tarkibiy tuzilmalar faoliyatini taftish qilish ustidan nazoratni amalga oshirish;
buxgalteriyaga tegishli barcha hujjatlarni belgilangan tartibga rioya qilgan holda sifatli va muddatida ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
rahbariyat ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirish;
rahbariyat tomonidan so‘ralgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etish;
buxgalteriya xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash va ularning ijrosini nazorat qilish.
Bo‘lim boshlig‘i o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun quyidagi huquqlardan foydalanadi:
pedagogik mahorat markazi tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumot va hujjatlarni belgilangan tartibda olish;
soha faoliyatini yaxshilash, xizmat vazifalarini bajarishda yuqori malakasi va bilimi bilan ajralib turadigan, shuningdek, rahbariyatning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan topshiriqlarini o‘z vaqtida ijro etgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
mehnat va ijro intizomini buzgan buxgalteriya xodimlarini intizomiy javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish;
buxgalteriya faoliyatiga oid muhim masalalar bo‘yicha tezkor majlislar o‘tkazish.

Moliya iqtisod va buxgalteriya bo‘limi bosh mutaxassisining lavozim yo‘riqnomasi

Bosh mutaxassis ish haqi va shunga o‘xshagan hujjatlarining yuritilishi, sifatli saqlanishi hamda hujjatlaming nazoratini o‘z vaqtida ta’minlaydi.
Moliya iqtisod va buxgalteriya bo‘limi boshlig‘i (mehnat ta’tili, xizmat safari davrida va boshqa holatlarda) uning vazifasini uning vazifasini bosh mutaxassis bajaradi.

Moliya iqtisod va buxgalteriya bo‘limi yetakchi mutaxassisining lavozim yo‘riqnomasi

Moliya iqtisod va buxgalteriya bo‘limi yetakchi mutaxassisi pedagogika mahorat markaziga kelgan xat hujjatlarni o‘z vaqtida ta’minlaydi.
yetakchi mutaxassis tushgan tushumlarni nazoratga olib hujjatlarining sifatli yuritilishini o‘z vaqtida ta’minlaydi;
yetakchi mutaxassis shartnomalar kitobi hujjatlarini sifatli yuritib, dalolatnomalarni nazoratga olishni o‘z vaqtida ta’minlaydi;
moliya iqtisod va buxgalteriya bo‘limi yetakchi mutaxassis bo‘limga bog‘liq bo‘lgan boshqa topshiriq va ko‘rsatmalarini bajaradi;
Ushbu lavozim yo‘riqnomasiga qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.