Kafedra 2001-yilda tashkil qilingan.
Kafedraga 2017-yil 16-yanvardan boshlab Usmanova Raxima Mamayusupovna rahbarlik qilmoqda.
ASOSIY VAZIFALARI
Pedagog xodimlarning kasbiy bilimi, koʻnikmasi va mahoratini uzluksiz yangilab borish, zamionaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish hamda mustaqil fikrlash koʻnikmalarini singdirish, pedagogik nufuz va kompetentlikni rivojlantirish; oʻz pedagogik faoliyatida zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini yaratish koʻnikmalarini shakllantirish; ilmiy-pedagogik ijodkorlik metodologiyasi hamda pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha bilimlarni singdirish, shuningdek, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish koʻnikmalarini shakllantirish;oʻquv-tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy ishlarni amalga oshirishda ilgʻor ta’lim-tarbiya texnologiyalari va jahon tajribasidan foydalanish koʻnikmalarini mustahkamlash.
“Uzluksiz kasbiy rivojlanish” maxsus elektron platformasi orqali pedagog xodimlarning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzishda ishtirok etish; pedagog xodimlar tomonidan zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish;oliy ta’lim muassasalari kafderalari, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan oʻzaro integratsiyani ta’minlash, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish; oliy ta’lim tashkilotlarining pedagog boʻlmagan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun pedagogik tayyorgarlik modullarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish hamda bakalavriatning soʻnggi ikki bosqichida tahsil olaytogan talabalar mazkur modullar boʻyich oʻqitish.
О‘QITILADIGAN MODULLAR
2.1. Pedagogning kasbiy rivojlanishi va o‘zaro hamkorlik.
2.2. Zamonaviy ta’lim paradigmalari.
2.3. Oʻquv jarayonini samarali tashkil etish.
2.5. Formativ va summativ baholash tamoyillari.
III. Fanni oʻqitishga zamonaviy yondashuvlar.
Ona tili va adabiyot fanini
3.1. Ona tili va adabiyot fanining DTS va darsliklarining qiyosiy tahlili asosida dars jarayonini samarali tashkil etish usullari.
3.2. Ona tili va adabiyot darslari samaradorligini xalqaro baholash dasturi
(PISA) asosida oshirish.
3.3. Ona tili va adabiyot fanlarini oʻqitishda 5P (muammo, loyiha, shaxs,
jarayon, natijaga asoslangan) yondashuvi.
3.4. Oʻquvchilarda matn bilan ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish usullari.
3.5. Ona tili va adabiyot darslarida yozma savodxonlikni (bayon, esse, insho, diktant) rivojlantirish.
3.6. Oʻquvchilarda adabiyot nazariyasiga oid koʻnikmalarni rivojlantirish.
3.7. Oʻqituvchilarning uslubiy ishlanmalar yaratish koʻnikmalarini takomillashtirish.
3.8. Tanlov moduli.
Rus tili fanini
3.1. Комплексный подход к преподаванию РКИ: ГОС, учебные материалы, методические решения
3.2. Создание образовательной среды для развития навыков XXI века на уроках РКИ
3.3. Современные методические стратегии в обучении РКИ
3.4. Формирование читательской грамотности в работе над текстами
3.5. Инновационные методы оценивания
3.6. Модуль по выбору
Xorijiy (ingliz, nemis, fransuz)tillari fanini
3.1. Xorijiy tillarni o‘qitish modellari
3.2. Xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini oshirishning 6 tamoyili
3.3. Til ko‘nikmalarini rivojlantirish
3.4. Xorijiy tillarni o‘qitishda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish
3.5. Xorijiy tillarni o‘qitishda o‘quvchilarning o‘zlashtirishini baholash
usullari va vositalari
3.6. Tanlov moduli
Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan xalqaro, respublika hamda mintaqaviy jurnal va konferensiya tо‘plamlarida muntazam ravishda ilmiy maqolalar chop ettirilmoqda.
Kafedra professor-о‘qituvchilarining keyingi yillardagi faoliyati davomida 2 ta darslik, 20 dan ziyod о‘quv va uslubiy qо‘llanmalar tayyorlandi hamda turli mavzulardagi ilmiy maqolalar xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy, ilmiy-ommabop jurnallarda chop etildi. Jumladan, 2024-o‘quv yilida OAK tasarrufidagi jurnallarda 4 ta, respublika va xalqaro konferensiyalarda 10 dan ortiq tezislar, 3 ta o‘quv, 3 ta uslubiy qo‘llanmalar chop etildi.
So‘nggi yillarda kafedra ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
2021-o‘quv yilda Usmanova Raxima Mamayusupovna 13.00.02 – “Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsetlik unvoni olishga muvaffaq bo‘ldi.
2023-o‘quv yilda Suvanova Mavjuda Hamroqulovna filologiya fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va dotsetlik unvoni olishga muvaffaq bo‘ldi.
Hozirda kafedrada PhD, dotsent Mavjuda Suvanova filologiya fanlari bo‘yicha doktorlik va kafedra katta о‘qituvchilari Uktamjon Mardanov magistrlik dissertatsiyasi, Dilyara Tuxfatulina PhD dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar.
Kafedra professor-о‘qituvchilari Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarIni amalga oshirib kelmoqda.
2019-o‘quv yilidan buyon esa A.I.Gersen nomidagi RDPU bilan hamkorlikda onlayn va oflayn shaklda vebinarlar, seminar-treninglar, mahorat darslari hamda yangi metodlar asosida qiziqarli darslar tashkil etib kelmoqda.