Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari
Karimova Nilufar Xudoyberdievna – bo‘lim bosh mutaxassisi. 1992-yil Buxoro viloyati G’ijduvon tumani Qozoqrabot qishlog‘ida tug’ilgan.2012-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining «Matematika » yo‘nalishini tugatgan. 2019-yil oktyabrdan Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida “Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘lim» bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Turdieva Nilufar Аbdullaevna – bo‘lim yetakchi mutaxassisi. 1985-yil Navoiy viloyati Xatirchi tumani Chechakota mahallasida tug‘ilgan. 2008-yil Navoiy pedagogika institutining «Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari» yo‘nalishini bitirgan. 2016-yil fevral oyidan Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida Akademik faoliyatini muvofiqlashtirish bolimida yetakchi mutahassis lavozimida ishlab kelmoqda.
Ravshanova Orzugul Sayfullaevna – bo‘lim bosh mutaxassisi. 1986-yil Navoiy viloyati Navbahor tumanida tug‘ilgan. 2007-yil Navoiy davlat pedagogika institutining «O‘zbek tili va adabiyoti » (bakalavr) yo’nalishini bitirgan. 2011-yil Navoiy davlat pedagogika institutining «O‘zbek tili» (magistr) yo‘nalishini bitirgan. 2007-yil sentyabrdan Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida «Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘lim» bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Uzaqova Shaxlo Nasiriddin qizi – bo‘lim yetakchi mutaxassisi. 1993-yil Navoiy viloyati Xatirchi tumani Saroy mahallasida tug’ilgan.2023-yil Navoiy davlat pedagogika institutining »O‘zbek tili adabiyoti»ta’lim yo‘nalishini bitirgan.2024-yil iyun oyidan Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida »Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘lim»yetakchi mutaxasis lavozimida ishlab kelmoqda.
Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘ining lavozim yo‘riqnomasi
Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, hududiy markaz buyruqlari, nizomi, markaz kengashi qarorlari, bo‘lim nizomi asosida bo‘limdagi ishlarni samarali tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyishlari, Oliy Majlis palatasi qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va hududiy markazning qayta tayyorlash va malaka oshirishga oid buyruqlari, bo‘lim bosh va yetakchi mutaxassislari tomonidan bajarilishini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish;
Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i hududiy markaz direktori rahbarligida faoliyat olib boradi.
Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish direktor buyrug‘i bilan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
bo‘lim xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga yuklatilgan vazifalar ijrosini nazorat qilish;
Hududiy markaz qayta tayyorlov va malaka oshirish jarayonida ilg‘or xorijiy va milliy innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va ularning samaradorligini ta’minlash.
Hududiy markaz hamda hududdagi umumiy o‘rta ta’limdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga qaratilgan o‘quv-metodik va ilmiy tadqiqot ishlarining amalga oshirilishini ta’minlash;
Hududiy markazning viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda ilmiy-tadqiqot institutlari bilan samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish.
Akademik faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tajriba almashish, seminarlar, konferensiyalar va boshqa ilmiy tadbirlarni tashkil etish.
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari guruh jurnallarining yuritilishini va to‘g ‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish, ularni yuritishda kurs rahbarlariga metodik yordam berish;
malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish va kurslarni tugatganligi haqidagi buyruqlar loyihasini tayyorlash;
tinglovchilarga beriladigan ma’lumotnoma, sertifikat (diplom)larni rasmiylashtirish;
markaz professor-o‘qituvchilari va taklif etilgan pedagoglar tomonidan oylik o ‘quv yuklamalarining bajarilishi yuzasidan rahbariyatga tegishli ma’lumot tayyorlash;
kafedralar tomonidan markazda tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining ishchi o ‘quv-mavzu rejalari va o‘quv dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish hamda direktor o ‘rinbosari bilan kelishgan holda ularni markaz direktori tasdig‘iga kiritish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o ‘quv, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o ‘tkazish uchun sharoit yaratish hamda yuqori saviyada tashkil etilishini nazorat qilish;
doimiy ravishda pedagog xodimlarning malaka oshirish davriyligi bo‘yicha malaka oshirish rejalarining bajarilishini tahlil qilish hamda ma’lumot tayyorlash;
B o‘lim rejasi asosida muntazam ravishda qayta tayyorlash, malaka oshirish ta’limi jarayonini sifatli tashkil etish va monitoringini olib borish;
Monitoring natijalari asosida batafsil hisobotlar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish.
Hududiy markaz direktoriga monitoring natijalariga ko‘ra tegishli bo‘lim xodimlari yuqori natija va yutuqlari bo‘yicha rag‘batlantirish, shuningdek o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan xodimlarga intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish;
Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i markazning o‘quv jarayonini boshqarish, ular faoliyatini rejalashtirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega.
Hududiy markaz akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘iga rahbar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish boiimi bosh mutaxassisining lavozim yo‘riqnomasi
Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi bo‘lim boshlig‘i rahbarligida faoliyat olib boradi.
Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish markaz direktori buyrug‘i bilan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
B o‘lim boshlig‘i ishda bo‘lmagan davrda (mehnat ta’tilida, xizmat safarida yoki boshqa sabablar bilan) uning vakolatlarini vaqtincha bajaradi.
Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi bo‘limining yillik ish rejasini tuzishda faol ishtirok etib, o‘ziga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borilishini ta’minlash;
bo‘lim ish rejalarida belgilangan masalalar bo‘yicha xat va tavsiyalarni tayyorlash, ularni joylarga yetkazish, bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni jamlab, tahlil qilish va bo‘lim boshlig‘iga ma’lumot tayyorlash;
rejalashtirilgan masalalarni bajarilganligi bo‘yicha olingan ma’lumotlarni ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilish va uni umumlashtirish;
bo‘lim vazifasidan kelib chiqqan holda hududiy maktabgacha va maktab ta’limini boshqarish organlari tarkibidagi turdosh bo‘limlar bilan qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Hududiy markaz akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisiga rahbar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish boiimi yetakchi mutaxassisining lavozim yo‘riqnomasi
Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi bo‘lim boshlig‘i rahbarligida faoliyat olib boradi.
Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish markaz direktori buyrug‘i bilan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
malaka oshirish va qayta tayyorlash kursi tinglovchilarni qabul qilish, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan yuborilgan tinglovchilar ro‘yxatini guruhlarga taqsimlab chiqish;
malaka oshirish kurslari tinglovchilarining davomatini doimiy olib borish, kurs tinglovchilarini www.onlinedu.uz platformasiga kiritish, tinglovchilar faoliyatiga oid buyruqlar loyihalarini tayyorlash;
qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslar uchun dars jadvalini tuzish, dars mashg‘ulotlarini doimiy nazorat qilib borish, qayta tayyorlash kurslari o‘quv jurnallarini doimiy nazorat qilib borish;
qayta tayyorlash kurs tinglovchilarini hujjatlarini www.malaka.uzedu.uz platformasiga kiritish;
qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar hujjatlarini rasmiylashtirish, bitiruv ishlari himoyalarini talab darajasida o‘tkazilishni tashkil etish.
Hududiy markaz akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisiga rahbar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.