Ta’lim sifati nazorati bo‘limi xodimlari
Quldosheva Dilso‘z Sunnatovna – bo‘limi bosh mutaxassisi. 1984-yil Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 2008-yilda Samarqand davlat universitetining «Ekologiya va tabiatdan foydalanish» (bakalavr) yo‘nalishini, 2010-yilda Samarqand davlat universitetining «Ekologiya» (magistratura) yo‘nalishini tamomlagan.
Akatova Guzal Baxodirovna – bo‘lim bosh mutaxassisi. 1991-yil Navoiy viloyati Navoiy shahrida tug‘ilgan. 2013-yilda Navoiy davlat pedagogika institutining «Biologiya va inson hayotiy faoliyati muxofazasi o‘qituvchisi»(bakalavr) yo‘nalishini tamomlagan.
Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘ining lavozim yo‘riqnomasi
Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, hududiy markaz buyruqlari, nizomi, markaz kengashi qarorlari, bo‘lim nizomi asosida bo‘limdagi ishlarni samarali tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyishlari, Oliy Majlis palatasi qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va hududiy markazning qayta tayyorlash va malaka oshirishga oid buyruqlari, bo‘lim bosh mutaxassisi tomonidan bajarilishini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish;
Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i hududiy markaz direktori rahbarligida faoliyat olib boradi.
Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish direktor buyrug‘i bilan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ta’lim sifati nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat:
bo‘lim xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularga yuklatilgan vazifalar ijrosini nazorat qilish;
hududiy pedagog xodimlarining malaka oshirish davriyligini hamda malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlab borish;
hududiy markazda tashkil etilgan kurslarda tinglovchilar tomonidan toifalar bo‘yicha malaka oshirishga qo‘yilgan malaka talablarining bajarilishini tahlil qilish, uning natijalari asosida ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
hududiy markaz professor-o‘qituvchilari, xodimlari faoliyati reytingini va mehnat samaradorligini aniqlash hamda tegishli takliflar ishlab chiqish;
malaka oshirish tizimida egallangan bilimlar va ko‘nikmalarni baholash mezonlari, ta’lim jarayoni sifatini baholash monitoringini amalga oshirish;
rahbar va mutaxassis xodimlarning o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish va boshqarishni nazorat qilish hamda ta’lim sifatini baholash ishlarini tashkil qilish;
malaka oshirish kurslari mazmuni, sifati bo‘yicha so‘rovnomalar olish;
so‘rovnoma natijalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilari reytingini aniqlash;
aniqlangan bo‘shliqlar va kamchiliklar bo‘yicha kafedra va bo‘limlar yordamida amaliy seminar tashkil etish;
xulosalar bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
qayta tayyorlash kurslari davomati va ta’lim sifatini nazorat qilish;
bitiruv ishlari tayyorlanishi jarayonini nazorat qilish;
davlat attestatsiya komissiyalari faoliyatini shaffof o‘tkazilishini nazorat qilish;
qayta tayyorlov kurslari dars beradigan professor-o‘qituvchilarini so‘rovnomalar orqali ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoringini o‘tkazib, markaz rahbariyatiga taqdim qilish;
diplomlarni qayd qilish kitoblari va boshqa m e’yoriy hujjatlarni to‘g ‘ri rasmiylashtirishni nazorat qilish;
viloyat umumta’lim maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini talab darajasida tashkil etilishini nazorat qilish;
tadbirlar o‘quv yili yakunida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini joriy etish ishchi guruh mas’ullarining hisobotlarini qabul qilish;
kurs bitiruvchilari orasida maxsus tuzilgan anonim anketa so‘rovlari asosida ta’lim sifatini tahlil qilish, natijalari haqida ishlab chiqarish yig‘ilishlarida muntazam axborot berib borish;
umumiy o ‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun fanlar kesimida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari bosqichma-bosqich joriy etish;
maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini malakasini oshirish muammolari bo‘yicha respublika va xalqaro konferensiyalar, seminarlar va boshqa ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashish;
o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan o‘quv auditoriyalarida hamda maxsus platformada tashkil qilishni nazorat qilish;
Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i markazning o‘quv jarayonini boshqarish, ular faoliyatini rejalashtirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega.
Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘iga rahbar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Ta’lim sifati nazorati bo‘limining bosh mutaxassisining lavozim yo‘riqnomasi
Bo‘limi boshlig‘i ta’tilda, xizmat safarida yoki boshqa sabablar bilan ishda bo‘lmagan davrda vaqtincha uning vazifalarini bajaradi;
hujjatlarining yuritilishi, sifatli saqlanishi hamda hujjatlaming ijrosini o‘z vaqtida ta’minlaydi;
yillik va istiqbol ish rejasini ishlab chiqishni ta’minlaydi va uni bajarilishining monitoringini olib boradi;
ommaviy axborot vositalari, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa joylarda ma’ruzalar, asosli takliflar bilan ishtirok etadi;
bo‘lim faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa topshiriq va ko‘rsatmalarini bajaradi.