DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Metodist soati

Navoiy viloyati pedagogika markazi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi Musiqa madaniyati fani metodisti hamda Tarbiya fani metodisti tomonidan malaka oshirish kursi ishtirokchilari uchun metodist soati tashkil etildi.

Dars davomida oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini (kreativ fikrlash, jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash, muammoni yechish va qaror qabul qilish, tadqiqotchilik koʻnikmalari, kommunikativ koʻnikmalari) rivojlantirishga oid mavzularda mahorat darslari tashkil etildi. Shuningdek, mahorat darslari davomida pedagoglarga o’quv jarayonini qiziqarli tashkil etish bo’yicha bir qator metodlar o’rgatildi.