DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari

Bugun Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchi X.Qurbonova hamda Pedagogika markazi Axborot-resurs markazi bosh mutaxassisi N.G‘afurova tomonidan Umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxona rahbar va xodimlari malakasini oshirish kursi ishtirokchilari uchun 7-modul asosida «Inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda inklyuziv taʼlim boʻyicha xalqaro va milliy normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmun va mohiyati, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun maktablarda tashkil etilgan korreksion sinflar haqida maʼlumot berildi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.