DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Metodik tur

Navoiy viloyati Pedagogika markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi hamda Konimex MMTB bilan hamkorlikda Konimex tumandagi 20 – umumta’lim maktabida metodik tur doirasida o‘quv–amaliy seminari tashkil etildi.

Unda markaz metodistlari tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Umumta’lim muassasalarida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi hamda “O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruqlar mazmun- mohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Pedagog o‘qituvchilar tomonidan o`tilgan darslar tahlil qilinib, darslar davomida o’quvchilarda XXI asr ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha bir qator yangi metodlar namoyish etildi;

Metodik tur Navoiy viloyati tumanlari bo‘ylab davom etadi.