Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Navoiy, Samarqand hamda Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazlari hamkorligida “Pedagogik faoliyatda sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari” mavzusida respublika miqyosidagi vebinar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘qituvchilarga sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni va imkoniyatlari tushuntirildi.
Pedagoglar innovatsion vositalar orqali ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Vebinar ishtirokchilari yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha foydali maslahatlar oldilar.
Zamonaviy texnologiyalar – samarali ta’lim kaliti!