O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 248-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi fan metodistlari Karmana tumanidagi 4-maktabga tashrif buyurdi.Tashrifdan maqsad: – O’qituvchilarga «Mezonlarga asoslangan baholash tizimi». – O’quvchilar bilimini baholashda BSB va CHSB larni o’tkazilish tartibi. – BSB turlari,Loyiha ishlari,laborotoriya ishi,amaliy mashg’ulotlarning baholanish tartibi tushuntirildi. – Dars o’tishning interfaol...Read More
Bugun Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida Uzluksiz kasbiy taʼlimni tashkil etish boʻlimi boshligʻi J.Boboqulov tomonidan malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tish, parollarni tiklash, fan yo‘nalishlarini tanlash va platformada ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantrishga qaratilgan master klass darslar tashkil etildi.Read More
«Science and innovation» xalqaro ilmiy jurnali tahrir hay’ati a’zosi, Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi dotsenti Djurayeva Perdegul Saidovna «Science and innovation» xalqaro ilmiy jurnalining 4 xil nominatsiya asosida shakllantirillgan «Eng faol mualliflar» nominatsiyasida sovrindor bo‘lib, qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.Read More
Ilgʻor xorijiy tajribalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga keng tatbiq etish boʻyicha Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi professor-oʻqituvchilari ishtirokida «Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar» mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati”ni tashkil etish tartibi hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, matematika va tabiiy fanlarda ilg‘or xorijiy tajribalarni qoʻllash boʻyicha amaliy...Read More
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi dotsenti Xasanova Xurshida Nayimovnaning «Taʼlim v tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo)» ixtisosligi boʻyicha «Kimyo fanini oʻqitish jarayonida STEAM taʼlimidan foydalanish» mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.Read More