Bugun Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi hamkorligida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Chimboy tumani maktab amaliyotchi psixologlari bilan “Navoiy-Chimboy” master-klassning navbatdagi onlayn-muloqoti tashkil etildi.
Muloqotning asosiy qismida Safarov Dilmurod – Navoiy viloyati PMM professori “Pedagogik faoliyat jarayonida stresslarni boshqarish”
Dusanov Elbek–Navoiy viloyati PMM Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti “Umumta’lim maktabi amaliyotchi psixologlari kasb mahoratining psixologik mexanizmlari”
Sayidaxmedova Lola – Karmana tumani MMTB metodist psixologi “Art terapiyaning xususiyatlari. Qum va loy terapiya”
mavzularida maʼruzalar tinglandi.
Onlayn-muloqot davomida ishtirokchilar tomonidan mavzuga oid oʻzaro fikr-mulohazalar almashildi.