DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

HAMKASBLAR BILAN TAJRIBA ALMASHAMIZ!

Joriy yilning 14-aprel kuni Navoiy viloyati Pedagogika markazi Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi M.Suvanova hamda ona tili kursi tinglovchilari ishtirokida «Ona tili va adabiyot fani boʻyicha oʻqituvchilarning ilgʻor tajribalarini aniqlash, tahlil qilish, oʻrganish va ommalashtirishning zamonaviy texnologiyalari» mavzusida vebinar tashkil etildi.

Vebinarda «Ommalashtirish» saytiga joylashtirilayotgan yangi metodlarni amaliyotda qoʻllash, dars jarayonida vaqtning toʻgʻri taqsimlanishi hamda oʻquvchilarni badiiy kitoblar oʻqishga qiziqtirish kabi mavzular muhokama qilinib, tajriba almashildi.