DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Mahorat darsi

Joriy yilning 28-aprel kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi «Kimyo» fani guruhi tinglovchilari uchun 12- umumiy o‘rta ta’lim maktabining tajribali o‘qituvchisi Axmedova Dilorom tomonidan «Kimyo darslarida amaliy mashg‘ulotlardan foydalanishning dars samaradorligiga ta’siri» mavzusida ko‘chma mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida Axmedova D. tomonidan «Atsetelenning olinishi», «Ammoniy bixromatdan vulqon hosil qilish»,» Suv ostida mushakbozlik» kabi qator qiziqarli tajribalar ko‘rsatib berildi. Dars so‘ngida kimyo fani tinglovchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tajribalar, kimyo darslarida tajribalardan foydalanishning ahamiyati haqida davra suhbati o‘tkazildi.