DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

O‘quv-amaliy seminar

Joriy yilning 27-aprel kuni Navoiy viloyati Uchquduq tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Xalqaro tadqiqotlarni o‘rganish asosida darslarni tashkil etish samaradorligi» mavzusida viloyat miqyosidagi o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘quv-seminarda Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi dotsenti v/b P.Djurayeva tomonidan maktab o‘qituvchilariga mavzu yuzasidan seminar trening o‘tkazildi va ularga metodik tavsiyalar berildi. Tadbir doirasida maktabning tajribali o‘qituvchilari mahorat darslari tashkil qilishdi. Uchrashuv so‘ngida maktab o‘quvchilari ishtirokida qo‘shiq va raqslardan iborat badiiy qism namoyish etildi.