DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Kimyogarlar faoliyatidan

Kimyo fani bugungi kunda hayotimizning deyarli barcha sohalariga kirib borgan fanlardan biridir. Nazariy bilimlarning amaliyot bilan uyg‘un tarzda berib borilishi bu fanning yanada yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi.

Joriy yilning 22-aprel kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi «Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi» dotsenti X.Xasanova tomonidan kimyo fani guruhi tinglovchilari bilan STEAM laboratoriya mashg‘uloti tashkil qilindi. Unda turmushda uchraydigan moddalardan bir qancha qiziqarli tajribalar o‘tkazildi.