DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Amaliy mashg‘ulot

Joriy yilning 22-aprel sanasida Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi N.Soliyeva tomonidan fizika fani tinglovchilari bilan STEAM ta’limi asosida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mashg‘ulot jarayonida tinglovchilar fizikaning elektr bo‘limiga oid STEAM labaratoriya jihozlaridan foydalanilgan holda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan loyihalarni yasash orqali nazariy bilimlarini mustahkamlashdi.