DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Joriy yilning 20-aprel kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi «Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan «Pedagogik jamoani boshqarishda ijtimoiy-psixologik xususiyatlar» mavzusida zoom dasturi orqali onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu vebinarda pedagogik jamoani muvaffaqiyatli boshqarish uchun jamoa tarkibini o‘rganish, kamchiliklarini korreksiyalash va haqiqiy pedagogik jamoa sifatida shakllantirishga oid qarashlar o‘z ifodasini topdi.

Vebinar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi.