DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Seminar

Joriy yilning 19-aprel kuni Navoiy viloyati Konimex tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Boshlang‘ich sinflarda fanlarni o‘qitish bo‘yicha didaktik o‘yinlardan foydalanish» mavzusida viloyat miqyosidagi o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘quv-seminarda Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi dotsenti v/b P.Djurayeva tomonidan maktab o‘qituvchilariga mavzu yuzasidan seminar trening o‘tkazildi va ularga metodik tavsiyalar berildi.

Tadbir doirasida maktabning tajribali o‘qituvchilari mahorat darslari tashkil qilishdi. Uchrashuv so‘ngida maktab o‘quvchilari ishtirokida qo‘shiq va raqslardan iborat badiiy qism namoyish etildi.