DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI

Bugungi tezkor zamonda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li – mashg‘ulotlarni interfaol metodlar yordamida tashkil etishdan iborat. Shunday ekan, avvalambor yoshlarga bilim berayotgan o‘qituvchilarning bilim darajasi, dunyoqarashi keng bo‘lishi lozim.

Shu maqsadda bugun Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi «Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari» kafedrasi o‘qituvchisi L.Qorayeva tomonidan Maktabgacha ta’lim tarbiyachilari kursi tinglovchilari ishtirokida “Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzusida dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Ushbu dars mashg‘uloti juda qiziqarli va zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan foydalanilgan holda olib borildi. Tinglovchilar bilan dars davomida muammoli ta’lim, o‘yinli, modulli o‘qitish, yakka tartibda o‘qitish kabi texnologiyalar bilan tajriba almashildi.