DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Mahorat darsi

«Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Azizova tomonidan 2022-yil 15-aprel kuni, ona-tili va adabiyot guruhi tinglovchilari uchun «Ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulot, labaratoriya ishi, trening, ochiq mashg’ulotlar va boshqa mashg‘ulotlarni tayyorlash, kuzatish va tahlil qilish» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Darsda tinglovchilar maktab darslarida qo‘llab kelayotgan zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalari bilan ishtirok etishdi. Jumladan, «Qutidagi topshiriq», «Sirli loto», «So‘z gavharin qadab qo‘ygin» texnologiyalarning imkoniyatlari, o‘tkazilish tartibi pedagoglar tomonidan batafsil ko‘rsatib berildi.