DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Psixologik trening

Joriy yilning 14-aprel kuni Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan «Amaliyotchi psixologlar» guruhi tinglovchilari uchun maktab psixologlarining psixologik salomatligini saqlash, kasbiy so‘nish profilaktikasi, hissiy charchoqni oldini olish, o‘z-o‘zini namoyish qilish ko’nikmalarini rivojlantirish, jamoaviylikni shakllantirish maqsadida trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Inson ruhiyatini sog‘lomlashtiruvchi va samarali mehnat faoliyatiga zamin yaratuvchi qiziqarli mavzularda tashkil qilingan trening mashg‘ulotlari barchaga manzur bo‘ldi.