DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Mahorat darsi

«Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi M.Suvonova tomonidan 2022-yil 14-aprel kuni, ona-tili va adabiyot guruhi tinglovchilari uchun «Ona tili va adabiyot darslarida interfaol metodilardan foydalanish» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Darsda tinglovchilar maktab darslarida qo‘llab kelayotgan «Idrok xaritasi», «Auksion», «O‘yla, izla, top», «Raketa» kabi zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalari bilan ishtirok etishdi. Jumladan, texnologiyalarning imkoniyatlari, turlari, o‘tkazilish tartibi pedagoglar tomonidan batafsil ko‘rsatib berildi.

Malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan ushbu darslar barchaga manzur bo‘ldi.