DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi

Ma’lumki, Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida «Bir haftada bir kitob mutolaasi» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. «Axborot resurs markazi» bosh mutaxassisi N.G‘afurova tomonidan «Amir Temur adiblar nigohida» mazvusida tashkil qilingan bugungi davra suhbati markazning professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun qimmatli ma’lumotlarga boy bo‘ldi.

Tadbir doirasida Amir Temur hayoti va ijodi aks etgan bir nechta asarlar davra qatnashchilari tomonidan keng talqin qilindi. Oʻzbek davlatchiligining tarixan shakllanishiga Amir Temur qoʻshgan buyuk hissa, uning siyosiy, diplomatik faoliyati bilan bogʻliq jihatlar muloqotning asosiy mavzusi boʻldi.

Kitobxonlik tadbiri davom etadi.