DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Amir Temur tavalludining 686-yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati

Bugun buyuk ajdodimiz, insoniyat tarixidagi eng qat’iyatli shaxslardan biri, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Amir Temur — o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biridir.

Shu munosabat bilan Hududiy markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan malaka oshirish kurslari tinglovchilari bilan Amir Temur tavalludining 686-yilligiga bagʻishlangan davra suhbatlari tashkil etildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan suhbatlarda tinglovchilar Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.