DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Seminar

Joriy yilning 8-aprel sanasida Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi tinglovchilari ishtirokida kurs mas’uli S.Azizova tomonidan «Darslarda interfaol metodlardan foydalanish» mavzusida seminar tashkil etildi.

Darsda tinglovchilar maktab darslarida qo‘llab kelayotgan zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalari bilan ishtirok etishdi. Jumladan, «Beshinchisi ortiqcha», «Begonasini top», «MYBT – 4» texnologiyalarning imkoniyatlari, turlari, o‘tkazilish tartibi pedagoglar tomonidan batafsil ko‘rsatib berildi.

Tinglovchilar mashg‘ulotlarda faol qatnashib, o‘zaro tajriba almashishdi.